Telekommunikatsiya texnologiyalari

Telefon-telegraf aloqa fakulteti 1955-yilda institutda tashkil etilgan birinchi fakultet bo‘lgan. Keyinchalik bir necha bor qayta nomlanib, hozirda telekommunikatsiya texnologiyalari fakul’teti deb ataladi.

"Telekommunikatsiya" fakulteti mutaxassislar tayyorlashni (ta’lim yo‘nalishi va mutaxassisliklar bo‘yicha) ishlab chiqarishdan ajralgan holda amalga oshiradi. Fakultet ta’lim, fan va ishlab chiqarish intergatsiyasini kengaytirish va mustahkamlash maqsadida yirik soha korxonalari (TShShT, ToshTTS, UzNET) qoshida fakultet kafedralarining filiallari ochilgan.

Telekommunikatsiya texnologiyalari fakulteti oliy ta’lim muassasasi TATUning o‘quv-ilmiy va ma’muriy bo‘linmasi hisoblanib, kadrlar tayyorlash milliy dasturiga muvofiq tegishli ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassislari bo‘yicha talabalarni o‘qitish, ta’lim-tarbiya jarayonlarini uzviy va uyg‘unlashgan holda olib borishni ta’minlash, shuningdek fakultet tarkibiga kiruvchi kafedralarning ilmiy-tadqiqot ishlarini muvofiqlashtirish ishlari bilan shug‘ullanadi.

Fakultet ma’muriyati:

Telekommunikasiya texnologiyalari fakulteti dekani texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dosent

Madaminov Haydar Xudayarovich

Qabul vaqti: Har kuni 09:00-12:00
Telefon: (0 371) 238-65-64

O‘quv ishlari bo‘yicha dekan muovuni

Usmanov Behzod Shuxratovich

Qabul vaqti: Har kuni 09:00-12:00
Telefon: (0 371) 238-65-54

Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini

Ochilov Laziz Siddiqovich

Qabul vaqti: Har kuni 09:00-12:00
Telefon: (0 371) 238-65-54

Fakultetning magistratura mutaxassisliklari:

5А330501

Telekommunikatsiya injiniringi (Telekommunikatsiya tarmoqlari, Axborotlarni uzatish tizimlari, Teleradioeshittirish)

Fakultet optik-tolali, sun’iy yo‘ldoshli, radioreleli va kabelli aloqa tarmoqlar bo‘yicha ishlovchi ma’lumotlar uzatish, raqamli va analog telekommunikatsiya tizimlarini loyihalashtirish, qurish hamda foydalanish uchun mutaxassislarni tayyorlaydi.