Toshkent shahrida joylashgan "Temuriylar tarixi davlat muzeyi"ga tashrif uyushtirildi.

Vatanimiz iftixori buyuk sarkarda, sohibqiron Amir Temur tavalludining 686-yilligiga hamda hayoti va yurishlari, markazlashgan davlat uchun olib borgan sa’yi harakatlari bilan talaba yoshlarni yaqindan tanishtirish, bobomiz buyuk sarkarda siymosida yoshlar qalbida vatanga bo‘lgan muhabbatni yanada kuchaytirish maqsadida 2022-yil 21-sentaybr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Dasturiy injiniring fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini D. Xurramov va Tyutorlari B.Amirov, A. O‘ralov hamda talaba-yoshlar ishtirokida Toshkent shahrida joylashgan "Temuriylar tarixi davlat muzeyi"ga tashrif uyushtirildi.