Abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish muddatlari uzaytirildi

⚡️ Abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish muddatlari uzaytirildi

🔰 Abituriyentlarga qoʻshimcha qulaylik yaratish maqsadida davlat OTMga my.gov.uz portali va my.dtm.uz rasmiy veb-sayti orqali onlayn roʻyxatdan oʻtkazish istisno tariqasida uzaytirildi.

🔹Unga ko‘ra abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish 2022-yil 27-iyulga qadar (27-iyul kuni ham) davom etadi.

🔸Chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkaziladigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga ro‘yxatga olish esa 17-iyulga qadar (17-iyul kuni ham) amalga oshiriladi.

📌 Mazkur muddat davomida abituriyentlar:
➖o‘z ma’lumotlarini o‘zgartirishlari;
➖hamda chet tilidan milliy yoki xalqaro sertifikat ma’lumotlarini tizimga kiritishlari mumkin;
➖shuningdek, fuqaroligi boʻlmagan shaxslar OTMda tashkil etilgan qabul komissiyalari orqali roʻyxatdan oʻtkaziladi.