O‘zbek va rus tillari

  • Asosiy
  • O‘zbek va rus tillari

Kafedra mudiri:

Abdullaeva Simela Xristoforovna

Qabul vaqti: Chorshanba, Juma (14:00 – 16:00)
Telefon: (0 371) 238-64-62

     

Hozirgi «Oʼzbek va rus tillari» kafedrasi dastlab 1955-1980- yillar «Rus va chet tillari» kafedrasi nomi bilan, 1980 -yili «Chet tillar» kafedrasi tashkil etilishi natijasida “Tillar” kafedrasi va 1989- yili oʼzbek tiliga Davlat tili maqomi berilishi munosabati bilan 1990-1991 oʼquv yilidan boshlab “Oʼzbek va rus tillari» kafedrasi deb yuritila boshladi. «Rus va chet tillari» kafedrasiga 1955-1971 yillar davomida M.E.Krukovskaya-Runskaya, katta oʼqituvchi А.E.Sviridova (1971-1975) hamda filologiya fanlari nomzodi, dotsent O.E.Kostromina (1975-1980) mudirlik qilgan. “Tillar” kafedrasiga V.M.Аbdullayev (1980-1991), «O‘zbek va rus tillari» kafedrasiga N.K.Yakubova (1991-2003) mudirlik qildilar. Hozirgi vaqtda kafedrani dotsent S.X.Аbdullayeva boshqarmoqda.
1986 -yildan chet ellik talabalarni rus tiliga o‘rgatish uchun kafedra tarkibida rus tili oʼqituvchilari maxsus guruhi tashkil etildi. Bu guruhga katta oʼqituvchi I.M.Аbakova rahbarlik qilib, katta o‘qituvchilar R.S.Xalimova, L.D.Xasanova, L.X.Xamdam-Zodalar bilan birgalikda  25 mamlakatdan kelgan chet ellik yoshlarga rus tilidan bilim berdilar.
   Kafedra oʼqituvchilari talabalar orasida tarbiyaviy va maʼrifiy ishlar olib borishda faol qatnashib kelmoqdalar. Ular tomonidan o‘zbek va rus yozuvchi hamda shoirlari hayoti va ijodiga bag‘ishlangan uchrashuvlar, adabiy kechalar, til bayramlari oʼtkaziladi.
Kafedra oʼqituvchilari taʼlimning kredit tizimi sharoitida akademik yozuv va universitetda faoliyat yuritayotgan Belorussiya qoʼshma fakultetiga  rus tili fanidan mashgʼulot olib boradilar.
Hozirgi vaqtda kafedrada kafedra mudiri, 2 nafar dotsent, 3 nafar katta oʼqituvchi, 3 nafar stajyor- oʼqituvchi  faoliyat yuritmoqda. Kafedra oʼqituvchilari OʼzFА, Til va adabiyot instituti, Oʼzbekiston Milliy universiteti, Oʼzbekiston Davlat jahon tillari universiteti va Toshkent oliy pedagogika instituti bilan doimiy aloqa oʼrnatganlar.
   Kafedra oʼqituvchilari «Telekommunikatsiya va axborot texnologiyalari yoʼnalishlariga oid leksikani oʼrganish va uni oʼquv jarayonida qoʼllash usullari» mavzusida ilmiy izlanishlar olib bormoqdalar. Pedagogika fanlari bo‘yicha PhD ilmiy darajasiga  daʼvogar katta oʼqituvchi N.P.Medentseva, filologiya fanlari bo‘yicha PhD ilmiy darajasiga  daʼvogarlar Xaitbayeva Nazokat Adilbek qizi, Shukurbayeva Ozoda Nasriddin qizi, Turaqulova Mahliyo G‘ayrat qizi oʼzlarining dissertatsiya mavzularini tasdiqlatib, uning ustida ish olib bormoqdalar.

Kafedrada o‘qitiladigan fanlar

Bakalavriat:

  • Akademik yozuv
  • Akdemicheskoye pismo
  • Russkiy yazik kak inostranniy

Kafedra professor-o‘qituvchilari

  • Abdullayeva Simela Xristoforovna- kafedra mudiri,PhD
  • Zaynutdinova Dinora Talatovna- p.f.n, dotsent
  • Dospanova Dilyara Urakbaevna- f.f.n, dotsent
  • Gayubova Komila Anvarovna- katta o‘qituvchi
  • Yulanova Nargiza Davlatovna- katta o‘qituvchi
  • Medentseva Natalya Petrovna- katta o‘qituvchi
  • Xaitbayeva Nazokat Adilbek qizi – stajyor- oʼqituvchi
  • Shukurbayeva Ozoda Nasriddin qizi – stajyor- oʼqituvchi
  • Turaqulova Mahliyo G‘ayrat qizi – stajyor- oʼqituvchi

Kafedradaning ilmiy faoliyati

Kafedra o‘qituvchilari tomonidan “Теория и практика обучения узбекскому и русскому языкам в техническом вузе”  mavzusida ilmiy izlanishlar olib borilmoqda.

  • Kafedra mustaqil izlanivchilari Medentseva N.P. Xaitbayeva Nazokat Adilbek qizi, Shukurbayeva Ozoda  Nasriddin qizi, Turaqulova Mahliyo G‘ayrat qizi  ilmiy tatqiqot ishlarini olib borishmoqda:

4 monografiya nashr qilingan:

  • Абдуллаева С.Х. Интегративный подход в обучении профессиональной лексике. Принципы. Методы. Модели.
  • Абдуллаева С.Х. Лексика инфокоммуникационных технологий как предмет изучения в неязыковых вузах Узбекистана
  • Доспанова Д.У. Специфика организации антропонимов в узбекском и каракалпакском языках
  • Юланова Н.Д. Ассиметрия гендерных отношений в лексике русского и узбекского языков.

Hozirgi paytda kafedrada TATU barcha yo‘nalish talabalari uchun masofaviy ta’lim shakli uchun kontent tayyorlandi. Kafedra o‘qituvchilari  texnik oliygohlarda  tillarni o‘qitish nazaryasi va amaliyoti sohasida  ilmiy-tadqiqotlar olib bormoqda.  O‘quv jarayoniga infokommunikatsion texnologiyalar qo‘llangan  pedagogik texnologiyalar tadbiq etilmoqda.

Hozirgi paytda kafedrada TATU barcha yo‘nalish talabalari uchun “Интегративный курс русского языка” o‘quv–uslubiy qo‘llanmasi  tayyorlanib, chop etilmoqda. Kafedra o‘qituvchilari  texnik oliygohlarda  tillarni o‘qitish nazaryasi va amaliyoti sohasida  ilmiy-tadqiqotlar olib bormoqda.  O‘quv jarayoniga infokommunikatsion texnologiyalar qo‘llangan  pedagogik texnologiyalar tadbiq etilmoqda.

Litseylar bilan hamkorlik

 

Kafedra litsey va kollejlar bilan faol hamkorlik olib bormoqda. Ular bilan birgalikda ochiq mashg‘ulotlar, ilmiy va metodik seminarlar, buyuk allomalarga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Kafedraning ma’naviy-ma’rifiy ishlari

2021-2022 o‘quv yili uchun tasdiqlangan reja bo‘yicha O‘zbek tiliga “Davlat tili” maqomi berilganligining 32 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan “Til – millat ko‘zgusi!” mavzusida universitet katta majlislar zalida tadbir o‘tkazildi. Tadbir “O‘zbek va rus tillari” kafedrasi katta o‘qituvchilari N.D.Yulanova, K.A.Gayubovalar tomonidan tayyorlandi. Tadbirda universitetimiz  yoshlar masalalari ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor Ernazarov Fayzullo Narzullayevichga hamda universitetimizning birinchi bosqich talabalari o‘zlarining she’r, qo‘shiq, sahna ko‘rinish, raqslari bilan faol  ishtirok etishdi. Tadbir universitet katta majlislar zalida bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Prezidenti maslahatchisi A.Abduvohidov tomonidan tasdiqlangan “Adiblar hiyobonidagi buyuk siymolarning haykallari atrofida 2020-2021 o‘quv yilida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish reja-grafigi” ga asosan Adiblar hiyobonidagi buyuk siymolarning haykallari atrofida kafedra o‘qituvchilari hamda talabalar bilan birgalikda 1 noyabr kuni adiblar O‘zbekiston xalq yozuvchisi Said Ahmad  va Saida Zunnunovalar hayoti va ijodiy me’rosini o‘rganish maqsadida adabiy kecha o‘tkazildi. Tadbirni kafedra o‘qituvchilar Gayubova K.A, Abdullayeva, N.Raximova, L.Nosirov, D.U.Dospanova, N.P.Medenseva, N.A.Xaitbova adiblar haqida juda ham qiziqarli ma’lumotlarni yetkazib, kecha qatnashchilarida katta taassurot qoldirdi.

2021 yil  18 noyabr kuni kafedra o‘qituvchilari Gayubova K.A, Abdullayeva, N.D.Yulanova, L.Nosirov xamda 313-21 DI, 211-21 KI fakulteti talabalari ishtirokida TATU media markazi pavilonida lotin alifbosiga asoslangan o‘zbek tilini targ‘ib qilishga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazining yetakchi mutaxessisi, f.f.n, dotsent O‘rinboyev Boboyor Mahmudovich lotin alifbosiga asoslangan o‘zbek tili haqida kerakli va qiziqarli ma’lumotlarnitaqdim etdi va tadbir qatnashchilari tomonidan berilgan savollarga javob berdi.

  2021 yil  29 noyabr kuni kafedra o‘qituvchilari Abdullayeva S.X, Gayubova K.A, N.D.Yulanova, N.Raximova, L.Nosirov, D.U.Dospanova, N.P.Medenseva, N.A.Xaitbova. D.T. Zaynutdinovalar TATU-BDIRU fakulteti talabalari o‘rtasida “Zakovat” saralash bosqichi o‘tkazildi. Bunda 5ta guruh tashkil qilinib, 11-20 guruhi talabalari g‘olib deb topildi va universitet saralash bosqichida qatnashish imkoniyatiga sazovor bo‘lishdi.

19 aprel kuni 21-sonli mehribonlik uyiga kafedra o‘qituvchilari tashrifi haqida gapirdi. Bu tashrif davomida mehribonlik uyi rahbariyati bilan suhbatlashib, bolalar bilan qanday mavzularda dars mashg‘ulotlari, davra suhbatlari o‘tkazilishi haqida kelishib olindi.

2021 yil 20 oktabr kuni TATU Majlislar kata zailda “Til – millat ko‘zgusi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazilgan.

2021 yil 1 noyabr kuni TATU talabalari bilan Adiblar hiyobonida badiiy kecha o‘tkazildi. Bunda kafedra a’zolari va talabalar ishtirok etishdi.