Markaz boshlig‘i:
Vakant
Qabul vaqti: har kuni (15:00 – 17:00)
Telefon: (0 371) 238-65-01
E-mail:
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (TATU) qoshidagi "O‘zbekiston-Koreya axborot almashish" markazi TATU va Koreya milliy axborot agentligi (NIA) bilan 2007 yil 25 oktyabrda Anglashuv Memorandumi asosida tashkil topgan.
Markazning vazifalari:
- AKTni talabalar va o‘qituvchilar orasida keng tarqatish maqsadida universitetga elektron hukumat hamda dasturlash tillariga oid turli xil trening kurslarini tashkil etish;
- Hamkorlik asosida Janubiy Koreya universitetlaridan ko‘ngilli professorlarni taklif etish;
- BMTning AKT bo‘yicha trening markazi (UN-APCICT) o‘quv modullari asosida seminar-treninglar tashkil etish;
- Koreya Respublikasi universiteti talabalari (ko‘ngillilar)ning AKT bo‘yicha kurslarini tashkil etish;
- Universitet talabalari uchun koreys tilini o‘rganish kursini tashkil etish;
- Koreya Respublikasining etakchi oliy ta’lim muassasalarida malaka oshirgan professor-o‘qituvchilar bilan hamkorlikda o‘quv seminarlarini tashkil qilish;
