
Kafedra mudiri:
Pulatov SHerzod Utkurovich
“Mobil aloqa texnologiyalari” kafedrasi 2013 yildan beri faoliyat yuritmoqda (oldin “Radioaloqa tizimlari va qurilmalari” kafedrasi deyilgan. 2008 yilda “Radioaloqa qurilmalari” va “Radioaloqa tizimlari” kafedralarini birlashtirish bo‘lib o‘tgan.
“Radioaloqa qurilmalari” kafedrasining tarixi
Kafedra 1960 yilda “Radioqabul qilish qurilmalari” nomi ostida tashkil etilgan. Kafedra mudiri lavozimiga katta o‘qituvchi Mansurov R.I tayinlangan. Kafedraning ishlash faoliyatida texnika fanlari nomzodlari, dotsentlar Praxov V.I. (1969 – 1980 yillar) va Vasilyeva M.G. (1980 – 1993 yillar) unga rahbarlik qilgan.

Mansurov R.I.
1955-1969 yillar

Praxov V.I.
1969-1980 yillar

Vasilyeva M.G.
1980-1993 yillar

Radjabov T.D
1993-2009 yillar

Davronbekov D.A.
2012-2017 yillar

Pulatov Sh.U.
2017-2020 yillar

Madaminov X.X.
2020-2023 yillar.
1992 yildan kafedraga fizika-matematika fanlari doktori, professor, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi Radjabov T.D rahbarlik qilgan. Shuningdek, u Xalqaro Telekommunikatsiyalar Akademiyasi, Nyu-York Akademiyasi va San-Fransisko Sanoat Akademiyasi hamda Tabiat va Ijtimoiy fanlar Olimlari Assotsiatsiyasining akademigi bo‘lgan.
Kafedrada kafedra mudirlari R.I. Mansurov, V.I. Praxov va M.G. Vasilyevalardan tashqari, turli yillarda dotsentlar Goldfeld L.N., Galliyev A.L., Maslov A.V., Karimov R.K., Sazonov S.A., Chen A.L., Korsunsev P.P., katta o‘qituvchilar Filgus Y.Ye., Starikov A.G., Dyachenko N.P., Karelina E.V., Sareva A.N., Morozova T.M., Bayeva N.N., Tarasov A.V., Kondrashechkin A., Nigmanov Sh, Kuzmina G.N., Pulatov Sh.U., Xalikov F. ma’ruza, laboratoriya va amaliy mashg‘ulotlarni olib borgan.
Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan fanlar bo‘yicha darslarni modulli va blokli usulda tashkil etishda birinchi bo‘lib ma’ruzalarning audioyozuvlari va ularni tushuntiruvchi vaqt diagrammalari, elektr sxemalar, chizmalar, slaydlar tayyorlandi. Bu ishlarni amalga oshirishda dotsentlar M.G. Vasilyeva, V.I. Praxov, L.N. Goldfeldlar va katta o‘qituvchi E.V. Karelina alohida dolzarblik ko‘rsatdi.
“Radiotexnik tizimlar” kafedrasining tarixi
Kafedra 1970 yilda tashkil etilgan. U 1960 yilda tashkil etilgan radiouzatish qurilmalar kafedrasidan ajralib chiqdi. 1986 yilgacha u “Radioaloqa va radiotexnika tizimlari” kafedrasi deb nomlangan va ko‘p kanalli elektr aloqa fakultetiga kirgan. 1986 yildan “Radioaloqa qurilmalari va radiotizimlar” kafedrasi deb nomlana boshladi.
1996 yilda u RRT fakultetiga o‘tkazildi va “Radioreleli va sun’iy yo‘ldoshli aloqa tizimlari” nomiga o‘zgartirildi.
2003-2004 o‘quv yilidan boshlab kafedraning nomi “Radiotexnika tizimlari” (RTT) nomiga o‘zgartirildi.
1970 - 1972 yillarda kafedra mudiri sifatida dotsent Kazanskiy V.I., 1972 – 1974 yillarda katta o‘qituvchi Vasilyev S.A., 1974 – 1977 yillarda dotsent Abramyans O.A., 1977 – 1997 yillarda Spirin V.Y. va 1997 yildan dotsent Ibraimov R.R. faoliyat yuritgan.



Bu kafedrada yuqorida qayd etilgan o‘qituvchilardan tashqari katta o‘qituvchilar Vuloyorgis A.I., Chijevskiy V.I., Belkind L.V., Mangeldina V.D., Kravchenko YE.F, Rojkov V.N. ishlagan.
1974 yildan boshlab kafedra xodimlari fan nomzodlari Ibraimov R.R., Jalolov I.K., Romanenko B.A. bilan to‘ldirildi. 1977 yildan Yakubova U.M., Negrienko A.G., Levental M.Y. va Kuzmin A.P. ishlay boshladi.
2005 yilda kafedra tarkibini dotsent Ibraimov R.R., katta o‘qituvchi Vasilyev S.A., Belkind L.V., Kavilovova R.Y., Xatamov A.P., Raxmitdinov E.S., assistentlar Mirzayev D.A., Madaminov X.K., Abduqayumov S.A., Tashmanov E.B. va laborant Martishin M. tashkil etdi.
2004 yilda Motorola kompaniyasining granti asosida kafedra kompyuter sinflari bilan jihozlandi, unda talabalar o‘rganiladigan fanlar bo‘yicha laboratoriya ishlarini ham bajarishgan.
Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan davlat budjeti va shartnoma asosida ilmiy-tadqiqot ishlari olib borildi. Ular orasida “Orol dengizi suv havzasi bo‘yicha to‘plash, ishlov berish va boshqarishda Yerning sun’iy sun’iy yo‘ldoshidan foydalanish”, “Raqamli radiouzatish va televizion dasturlarni sun’iy yo‘ldoshlar orqali tarqatish muammosi”, “Aloqa tizimlari va kanallarining asosiy xarakteristikalarini masofadan o‘lchash usullarini ishlab chiqish va tadqiq qilish” kabi mavzular alohida o‘rin tutadi. O‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida bir qator ilmiy maqolalar nashr etildi, Arslanov A.R. Levental I.Y., nomzodlik dissertatsiyalarini himoya qildi.
2008 yildan boshlab “Radioaloqa qurilmalari” va “Radiotexnika tizimlari” kafedralari birlashtirildi va kafedra “Radioaloqa qurilmalari va tizimlari” kafedrasi deb yuritila boshlandi. 2013 yildan boshlab kafedra “Mobil aloqa texnologiyalari” nomini oldi. 2012 yildan 2017 yil mart oyigacha kafedrani t.f.n., dots. Davronbekov D.A. boshqargan, 2017 yil mart oyidan boshlab kafedra mudiri lavozimiga t.f.n. Po‘latov Sh.U, 2020 yil sentabr oyidan 2023 yil apreligacha PxD, dotsent Madaminov X.X., 2023-yil may oyidan boshlab esa yana t.f.n. Po‘latov Sh.U. tayinlandi.
Mobil aloqaning yetakchi “Uzmobile”, “Unitel”, “Coscom” kompaniyalari bilan hamkorlikda 2G, 3G, 4G CDMA, GSM, WCDMA va LTE standartlari bo‘yicha mobil aloqa uchun zamonaviy tizimlar va qurilmalarni o‘rganish bo‘yicha o‘quv laboratoriyalari tashkil etildi. Hozir bilan simsiz keng polosali tizimlar va sun’iy yo‘ldosh aloqalarini o‘rganishga mo‘ljallangan zamonaviy o‘lchash qurilmalari bilan jihozlangan yangi laboratoriyalar tayyorlanmoqda.
“Mobil aloqa texnologiyalari” kafedrasi professor-o‘qituvchilari mobil aloqaning dolzarb yo‘nalishlari bo‘yicha bitiruv malakaviy ishlari, magistrlik va nomzodlik dissertatsiyalari bo‘yicha rahbarlik qilmoqda.
Kafedra xodimlari xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy-texnik va ilmiy-uslubiy anjumanlarda faol ishtirok etib kelmoqdalar.
Kafedrada o‘qitiladigan fanlar
Bakalavriat:
- Sun’iy yo‘ldoshli aloqa.
- Mobil aloqa.
- Simsiz keng polosali tarmoqlar.
- Mobil aloqa tizimlarida radiouzatish va qabul qilish qurilmalari.
- Radioreleli va sun’iy yo‘ldoshli aloqa.
- Raqamli radioreleli aloqa liniyalari.
- Simsiz aloqa.
- Simsiz tarmoqlar.
- IoT simsiz tizimlari.
- Mobil aloqa asoslari va tarmoqlari.
- Mobil aloqa tizimlarida signallarga raqamli ishlov berish.
- Mobil aloqa tarmoqlarini loyihalash.
- Individual loyihalash.
- Zamonaviy mobil texnologiyalar.
- Mobil aloqa tarmoqlarini loyihalash.
- Simsiz keng polosali texnologiyalar.
- Radiochastotaviy qurilmalarda uzatish va qabul qilish.
- Radioqurilmalarning ishonchliligi.
- Sun’iy yo‘ldoshli pozitsiyalash va navigatsiya tizimlari.
Magistratura:
- LTE texnologiyasi.
- Raqamli radioaloqa.
- Kosmik texnologiyalar.
- Sun’iy yo‘ldoshli pozitsiyalash va navigatsiya tizimlari.
- Sun’iy yo‘ldoshli aloqa tizimlarining tugunlari va qurilmalarini loyihalash.
- Radioqurilmalarning ishonchliligi.
- GSM va mobil tarmoqlarni boshqarish.
- 5G/6G innovatsion telekommunikatsion texnologiyalar.
- Sun’iy yo‘ldosh aloqasi.
- Sun’iy yo‘ldoshli aloqa tizimlari va tarmoqlari.
- IoT simsiz aloqasi.
Kafedraning yo‘nalishlari:
Bakalavriatura
5350100-Telekommunikatsiya texnologiyalari ("Mobil tizimlari")
Magistratura
70611701-Mobil aloqa tizimlari
70611703- Sun’iy yo‘ldosh aloqa tizimlari
Kafedra professor o‘qituvchilari
- Pulatov Sh.U. kafedra mudiri
- Davronbekov D.A. professor
- Pisetskiy Y.V. professor
- Ibraimov R.R. dotsent
- Sultanova M.O. dotsent
- Aliyev U.T. katta o‘qituvchi
- Xatamov A.P. katta o‘qituvchi
- Alimdjonov X.F. katta o‘qituvchi
- Fayzullayeva B.B. assistent
- Abdullayeva X.K. assistent
- Gafurov A.Sh. assistent
Yarim vaqtli o‘qituvchilar:
- Abdukadirov A.X. dotsent
- Nazarov M. M. katta o‘qituvchi
- Shamsiyev A.S. katta o‘qituvchi
- Axmedova G.N. katta o‘qituvchi
- Votinov K.A. assistent
Kafedra hamkorlari:
- “O‘ztelekom” AK “Uzmobile” mobil tarmoqlardan foydalanish markazi
- “Unitel” MCHJ
- “Coscom” MCHJ
- Elektromagnit moslashuv markazi davlat unitar korxonasi
Iqtidorli talabalar bilan ishlash
Har yili “Mobil aloqa texnologiyalari” kafedrasi professor-o‘qituvchilari iqtidorli talabalar bilan ish olib boradi. Bu talabalar kafedraning yetakchi professor-o‘qituvchilariga biriktirilgan. Ular bilan ilmiy-loyihaviy ishlarga keng jalb etish yuzasidan uzviy ishlar olib borilmoqda. Iqtidorli talabalar orasida Muhammad al-Xorazmiy va Abu Rayxon Beruniy stipendiyalari sohiblari bor. Ular orasida 4-kurs 424-15-guruh talabasi Davronbekov N.D. A.R. Beruniy nomidagi stipendiya sohibi (ilmiy rahbar dots. R.R. Ibraimov), 3-kurs 426-16 Fayzullayev N.X. M. al-Xorazmiy nomidagi stipendiya sohibi (ilmiy rahbar prof. D.A. Davronbekov), 4-kurs 832-18-guruh talabasi Po‘latov O.SH. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi stipendiya sohibi (prof. D. A. Davronbekov), 3-kurs 850-20 guruh talabasi Qudratillayev M. B. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi stipendiya sohibi (dotsent Sh.U. Po‘latov) hisoblanadi.





Shuningdek, talabalarning darsdan bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, ularda ilmiy izlanishga intilishini shakllantirish va rivojlantirish, mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini yanada kengaytirish maqsadida kafedrada “Yosh mobilchi” to‘garagi tashkil etilgan.
To‘garakning maqsadlari va vazifalari quyidagilardan iborat:
- talabalar tomonidan olingan nazariy bilimlarni amaliy ishlar orqali mustahkamlash;
- o‘quvchilarning ilmiy izlanishga qiziqishini uyg‘otish va ularning rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash;
- talabalarning mustaqil fikrlash qobiliyatini shakllantirish;
- o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini unumli va mazmunli o‘tkazishga o‘rgatish.
Har o‘quv yili yakunida talabalar o‘z ishlari bilan respublika va universitet miqyosida o‘tkaziladigan tanlov va ko‘rgazmalarda faol ishtirok etib kelmoqda.
Bu to‘garakda iqtidorli o‘quvchilar katta qiziqish bilan texnik vositalar bilan ishlashlari, o‘z maketlarini yasashlari va ilmiy-texnik ko‘rgazmalarda namoyish etishlari, sertifikatlar olishlari mumkin. Kafedra to‘garagi talabalari tomonidan tuzilgan ishlarga simsiz tarmoq elementlarini o‘rganishga bag‘ishlangan o‘quv-laboratoriya stendini misol qilib keltirish mumkin.
Shuningdek, kafedrada har yili kollej va litsey o‘quvchilari bilan kasbga yo‘naltirish ishlari olib borilmoqda.




Ilmiy-tadqiqot ishlari
“Mobil aloqa texnologiyalari” kafedrasida sotali va sun’iy yo‘ldoshli aloqa, ochiq va chiziqli-optik aloqa liniyalari, aloqa tizimlarining ishonchliligi, shuningdek, elektromagnit xavfsizligi yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda.
Qator nashr etilgan ilmiy-tadqiqot ishlari mavjud, masalan:
- R.R.Ibraimov, D.A.Davronbekov, M.O.Sultonova. “O‘zbekiston Respublikasida atmosfera optik uzatish tizimlariga asoslangan telekommunikatsiya kanallari”: monografiya. - "Fan va ta’lim". - 2023. - 120 b.
- Hotamov A. Madaminov H.X. “Radiomonitoring tizimida keng diapazondagi nurlanish manbalarni aniqlovchi antenna tizimini yaratish”. Monografiya- T.: / TATU. Tashkent 2021.
- Madaminov H.X., Nazarov A.M., Xotamov A. “Mobil aloqa stansiyasilaridan tarqaluvchi signal sathlarini binolarda taqsimlanishi”. Monografiya - T.: / TATU. Tashkent 2021.
- Davronbekov D., Hakimov Z. “Optik tolali axborot uzatish tizimlarining spektral xarakteristikalarini takomillashtirish usullari // Monografiya. Yoshlar nashriyoti uyi. Toshkent-2020. - 112 b.
- Radjabov T.D., Nazarov A.M., Kamardin A.I., Simonov A.A., Po‘latov Sh.U. “Relyef, kompozit va ekranlovchi qoplamalarni yaratish uchun vakuum va foton texnologiyalari”. Monografiya. T.: Ed. “Tafakkur”, 2019 -135 b.
- D.A.Davronbekov, Abdurahmonov K.P., Sultonova M.O., Isroilov J.D., Kiriakidi A.S. Mobil qurilmalarni IMEI orqali aniqlash // Monografiya. TATU, Toshkent – 2019. – 108 b.
- Radjabov T.D., Nazarov A.M., Simonov A.A., Kamardin A.I. “Hujjatlar va mahsulotlarni qalbakilashtirishdan himoya qilishning texnik vositalari va vakuum texnologiyalari”.T.: TGTU, 2018.-126 b.
- D.A.Davronbekov “Radiotexnik tizimlar raqamli elementlarining ishonchliligini baholash usullari” / Monografiya. TATU, Toshkent – 2017 yil -168 b.
Kafedraning o‘quv-uslubiy ishlari
“Mobil aloqa texnologiyalari” kafedrasining o‘quv-uslubiy bazasini kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan chop etilgan darsliklar, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar tashkil etadi.
- Писецкий Ю.В. Учебник Спутниковая связь Часть I. - T.: “Aloqachi”. -2023. - 305 с.
- Писецкий Ю.В., Назаров А.М., Пулатов Ш.У., Мадаминов Х.Х., Вотинов К.А. Учебное пособие для проведения практических занятий по дисциплине Спутниковая связь. - T.: “Aloqachi”. -2023. - 190 с.
- X. Madaminov, Y.V. Pisetskiy, U.T. Aliev, M.O. Sultonova. “Mobil aloqa” fanidan darslik. - T.: “Aloqachi”. -2023. - 252 с.
- Д.А.Давронбеков “Надёжность радиотехнических систем учебник” T.: “Tafakkur tomchilari”. – 2021. – 192 с.
- Ибраимов Р.Р., Пулатов Ш.У., Хатамов А.П., Мадаминов Х.Х., Хакимов З.Т. Учебник по курсу «GSM и управление мобильностью». Для специальности 5А350901 –Мобильные системы связи / ТУИТ. Ташкент 2021. 216 c.
- Madaminov H.X., Ibraimov R.R., Khatamov A.P., Khotamov A., Xakimov Z.T. “GSM va mobillikni boshqarish”. Darslik, - T.: TATU. Tashkent 2021.-188 b.
- Davronbekov, Sh.U.Pulatov, U.T.Aliyev, Yu.V.Pisetskiy. Mobil aloqa tizimlarining uzatish va qabil qilish qurilmalari / darslik. T.: “Aloqachi”. – 2020. – 210 b.
- Davronbekov, M.Sultonova. Yangi avlod kuchaytirgichlarining texnika va texnologiyasi / oʻquv qoʻllanma. T.: “Aloqachi”. – 2020. – 160 b.
- Davronbekov, U.T.Aliyev. “Teleradioeshittirishda uzatish va qabul qilish qurilmalari” darslik. T.: “Aloqachi”. – 2019. – 256 b.
- А.Давронбеков, У.Т.Алиев “ Передающие и приёмные устройство в телерадиовещании / учебник.” T.: “Aloqachi”. – 2019. – 266 с.
- Р.Ибраимов, Д.Давронбеков, Ш.У.Пулатов, А.П.Хатамов. Спутниковые системы связи и приложения / учебное пособие T.: “Aloqachi”. – 2018. 365 с.
- Ibraimov, D.A.Davronbekov, M.O.Sultonova, E.B.Tashmanov, U.T.Aliyev. Simsiz aloqa tizimlari va dasturlari (1-qism) / darslik. - T.: “Aloqachi”. – 2018. – 216 b.
- Xalikov, D.A.Davronbekov, J.F.Kurbanov. Raqamli mobil aloqa vositalari / darslik. - T.: “Oʻzbekiston faylasuflari milliy jamiyati” nashriyoti. - 2018. – 556 b.
- Abduqodirov, D.A.Davronbekov. Mobil baylanis sistemalarinin 4G avladi / o‘quv qollana. - T.: “Aloqachi”. – 2018. - 344 b.
- Davronbekov, Sh.U.Pulatov, M.O.Sultonova, U.T.Aliyev, E.B.Tashmanov. “Simsiz keng polosali texnologiyalar” / darslik. - T.: “Aloqachi”. – 2018. – 304 b.
- Ibraimov, D.A. Davronbekov, E.B. Toshmanov, Y.V. Pisetskiy “Simsiz aloqa tizimlari va dasturlash” (1-qism), Darslik. T.: “Aloqachi” – 2017-234 b.
- Р.Ибраимов, Д.Давронбеков, Э.Б.Тошманов, Ю.В.Писецкий. “Системы беспроводной связи и программирование (част 1)/ учебное пособие. - T .: “Aloqachi”. - 2017 .- 234 с.
- Abduqodirov, D.Davronbekov. Mobil aloqa tizimlarining 4G avlodi / o‘quv qo‘llanma. - T .: “Oʻquv-taʼlim metodika” DUK. - 2015 .- 328 b.
Kafedrada himoya qilingan nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalari mavzulari:
1) Matyoqubov O‘tkir Karimovich. “05.04.02 - Radiotexnika, radionavigatsiya, radiolokatsiya, televideniye tizimlari va qurilmalari. Mobil tola-optik aloqa tizimlari” ixtisosligi bo‘yicha “Mobil aloqa tizimlarining ishonchliligini baholash modellari va algoritmlarini ishlab chiqish” texnika fanlari nomzodi dissertatsiyasi, 2021 yil. Ilmiy maslahatchi, texnika fanlari doktori, professor Davronbekov D.A.
2) Hakimov Zafar To‘laganovich. “05.04.02 - Radiotexnika, radionavigatsiya, radiolokatsiya, televideniye tizimlari va qurilmalari. Mobil tola-optik aloqa tizimlari” ixtisosligi bo‘yicha “Optik tolali ma’lumotlarni uzatish tizimlari samaradorligini oshirish usullari va qurilmalari” texnika fanlari nomzodi dissertatsiyasi, 2021 yil. Ilmiy maslahatchi, texnika fanlari doktori Davronbekov D.A.
3) Isroilov Jamshil Dilshodovich. “05.04.02 - Radiotexnika, radionavigatsiya, radiolokatsiya, televideniye tizimlari va qurilmalari. Mobil tola-optik aloqa tizimlari” ixtisosligi bo‘yicha “Mobil aloqa vositalarini identifikatsiyalash va ro‘yxatga olish algoritmlarini ishlab chiqish” texnika fanlari nomzodi dissertatsiyasi, 2020 yil. Ilmiy maslahatchi, texnika fanlari doktori Davronbekov D.A.
4) Madaminov Haydar Xudayarovich. “05.04.02 - Radiotexnika, radionavigatsiya, radiolokatsiya, televideniye tizimlari va qurilmalari. Mobil tola-optik aloqa tizimlari” ixtisosligi bo‘yicha “Sotali aloqa uchun tayanch stansiyalarining binolar ichida maydon sathlarining taqsimotini bashoratlash” texnika fanlari nomzodi dissertatsiyasi, 2019 yil. Ilmiy maslahatchi, texnika fanlari doktori Nazarov A.M.
5) Pisetskiy Yuriy Valeryevich. “05.04.02 - Radiotexnika, radionavigatsiya, radiolokatsiya, televideniye tizimlari va qurilmalari. Mobil tola-optik aloqa tizimlari” ixtisosligi bo‘yicha “Masofaviy monitoring usullari va qurilmalari” texnika fanlari doktorlik dissertatsiyasi, 2018 yil. Ilmiy maslahatchi, texnika fanlari doktori, professor Aripov X.K.
6) Jalilov Muzafar Muxitdinovich. “05.04.02 - Radiotexnika, radionavigatsiya, radiolokatsiya, televideniye tizimlari va qurilmalari. Mobil tola-optik aloqa tizimlari” ixtisosligi bo‘yicha “Statik-fazoviy obyektlarni aniqlash va tanib olish monitoringi uchun televizion tasvirlarga raqamli ishov berish tizimi” texnika fanlari nomzodi dissertatsiyasi, 2017 yil. Ilmiy maslahatchi, texnika fanlari doktori, akademik Radjabov T.D.