
Kafedra mudiri:
Ismoilova Gulnora Fayzullayevna
"Menejment va marketing” kafedrasi 1997 yilda tashkil etilgan. Kafedrani 1997-1999 yillarda i.f.d., professor Dosumov Rustam Yangiboevich, 1999-2000 yillarda i.f.n., dotsent Juravleva Olga Ivanovna, 2000-2002 yillarda i.f.n., dotsent Omonov Baxodir Shomirzaevich, 2002-2006 yillarda i.f.d., professor Iminov Toxirjon Karimovichlar boshqarishgan. 2006 yildan 2010 yilga qadar kafedrani i.f.d., professor Maxkamova Mamlakat Abdukadirovna, 2010-2011 yillarda i.f.n., dotsent Hamdamova Gavhar Absamatovna, 2011-2017 yillarda Iqtisodiyot fanlari doktori Tursunov Sherzod Abduqodirovich mudirlik qildi. 2017 yilning 5 oktyabridan i.f.n., dotsent Gulnora Fayzullayevna Ismoilova rahbarlik qilmoqda.
"Menejment va marketing" kafedrasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 26 martdagi PQ-1942 son qarori talablarga muvofiq Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kadrlarni tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish natijasida Toshkent axborot texnologiyalari universitetida 2013-2014 o‘quv yilidan boshlab yangi AKT sohasida iqtisodiyot va menejment yo‘nalishi va mutaxassisligi bo‘yicha talabalar qabuli boshlandi.
5350300 - Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida iqtisodiyot va menejment yo‘nalishi uchun;
5330300 - Elektron tijorat;
5350300 - Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida iqtisodiyot va menejment, Elektron tijorat yo‘nalishlari uchun asosiy: Boshqaruv tamoyillari, Marketing, Biznes jarayonlarini boshqarish, Elektron tijorat tizimlari, Oʼzgarishlarni boshqarish, Sotib olish tamoyillari, Boshqaruv qobiliyatini shakllantirish, Inson resurslarini boshqarish, Аxborot kommunikatsiya marketingi, Loyihalarni boshqarish, Operatsion menejment va ishlab chiqarishni boshqarish;
5A350301-Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida iqtisodiyot va menejment va 5A350302-Elektron tijorat mutaxassisliklari uchun asosiy: E-marketing, Mobil aloqa, GSM and mobility management, Innovatsiya va loyihalarni boshqarish, Elektron tijorat, Elektron to‘lov texnologiyalari, Maxsulot etkazib berishni boshqarish fanlarini amaliyotga bog‘lagan holda ularni qo‘llab-quvvatlash malakalariga ega bo‘lgan kadrlarni tayyorlash bilan shug‘ullanadi. Bunda kafedraning 8 nafardan ortiq:
jumladan:
- 1 nafar professor;
- 3 nafar dotsent
- va boshqalar faoliyat olib boradi.
Kafedrada oxirgi 5 yilda 5 dan ortiq ilmiy tadqiqot ishlari olib borilgan bo‘lib, ularga kafedra professor-o‘qituvchilari va ilmiy izlanuvchilar, shuningdek magistratura va bakalavriatura talabalari jalb etilgan.
“Menejment va marketing” kafedrasi professor-o‘qituvchilari «IT korxonalarining zamonaviy boshqaruvi” bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib bormoqda.
“Menejment va marketing” kafedrasi bitiruvchilari hozirgi kunda nufuzli kompaniyalarda, jumladan, davlat boshqaruvida, IT kompaniyalarida (O‘zbektelekom AK, UMS kompaniyasi, Bilayn kompaniyasi), banklarda (ATB “Aloqabank”, Xalq banki ) va nufuzli biznes korxonalarida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.
“Menejment va marketing” kafedrasi Rossiya, Qozog‘iston, va Janubiy Koreya, Xitoy xalq demokratik respublikasi bilan xamkorlik olib bormoqda.
Kafedra mudiri: I.f.n dotsent, Ismoilova Gulnora Fayzullaevna, (e-mail: gulnora_ismoilova@mail.ru)
Bakalavriat
Axborot-kommunikаtsiyа tеxnologiyаlаri sohаsidа iqtisodiyot vа mеnеjmеnt, Elektron tijorat
Magistratura
Axborot-kommunikаtsiyа tеxnologiyаlаri sohаsidа iqtisodiyot vа mеnеjmеnt
Elektron tijorat
Kafedra professor o‘qituvchilari
- Ismoilova G.F. - kafedra mudiri, i.f.n. dotsent
- Qodirov A.M. - Professor
- Ahmediyeva A.T. - i.f.n. dotsent
- Gafurova D.R. - v.b.dotsent, PHD
- Mirxodja D. - katta oʼqituvchi, PHD
- Shаislаmovа M.R. - Kаttа o‘qituvchi
- Xаkimdjаnovа D.K. - Kаttа o‘qituvchi
- Djalalov J.M. - Kаttа o‘qituvchi
- Qurbonova M. - Katta o‘qituvchi
- Tursunova M.T. - assistent
- Xojieva N.D. - assistent
- Parpieva M.M. - assistent
- Nosirova Z.X. assistent
Bajarilayotgan loyihalar ro‘yxati
- “Biznes boshqarish asoslari” fanini o‘qitishni tarmoqli tashkil etish orqali elektron o‘quv-uslubiy majmuani yaratish hamda ta’lim texnologiyasining maxsus turi orqali o‘quv jarayoniga tadbiq etishni ishlab chiqish” Amaliy lоyiha - 2017-2018
Ismiolova G.F. - Loyiha rahbari