Magistratura bo‘limi

Bo‘lim boshlig‘i:

PhD, Turg‘unov Abrorjon Maxamatsoliyevich

Qabul vaqti: Seshanba – Payshanba (15:00-17:00)
Telefon: (0 371) 238-65-12
E-mail: a.turgunov@tuit.uz

 

Bosh mutaxassis:

Baymatova Kulayxan Kadirovna

Qabul vaqti: Dushanba Juma (14:00-16:00)
Telefon: (0 371) 238-65-12
E-mail: baymatova@tuit.uz 

 

Uslubchi:

Anarkulova Ra’no Oybek qizi

Qabul vaqti: Dushanba – Juma (14:00-16:00)

Telefon:(0 371) 238-65-12
 
 

Magistratura bo‘limi faoliyati haqida ma’lumot:

O‘zbekistonda mustaqillik yillarida ta’lim tizimining barcha turlarini, jumladan, oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilish bo‘yicha aniq maqsadli keng miqyosdagi ishlar amalga oshirila boshlandi. Mamlakatimizda 1997 yil 29 avgustda ta’lim yo‘nalishini dunyo standartlari darajasiga yetkazish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida“gi Qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” qabul qilindi. Mazkur qonun hujjatlariga ko‘ra, 1999 yildan boshlab O‘zbekiston Respublikasidagi bir qator yetakchi oliy ta’lim muassasalarida ta’lim berishning ikkinchi bosqichi magistratura bo‘limlari ochilib, magistrlar tayyorlana boshlandi, “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”ga muvofiq Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (TATU)da 1999-2000 o‘quv yilidan boshlab magistratura bo‘limi faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti magistratura bo‘limi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 10 sentyabrdagi 190-sonli “O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tizimida magistratura faoliyatini yanada takomillashtirish, uning samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq alohida bo‘lim sifatida shakllantirilib, magistratura bo‘limi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 2 martdagi 36-sonli “Magistratura to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori asosida faoliyat yuritmoqda.

Hozirgi kunda kadrlr tayyorlash va ularni samaradoligini ya’nada rivolantirish maqsadida  universitetda 32 ta mutaxassislik bo‘yicha jami 442 nafar magistratura talabalari tahsil olmoqda:

01.11.2022-yil holati.

T/r

Magistr talabalar soni

Davlat granti

To‘lov-kontrakt

Jami talabalar soni

1.

1-курс

79

10

89

2.

2-курс

167

186

353

 

JAMI

246

196

442

 

Magistratura yo‘nalishlari

70210402

Kompyuter grafikasi va dizayn

70310501

Raqamli iqtisodiyot

70320402

Elektron kutubxona va arxivlar

70412801

Elektron tijorat

70610101

Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari (Dasturiy injiniring)

70610205

Geoaxborot tizimlari va texnologiyalari

70610301

Kriptografiya va kriptoanaliz (Аxborot xavfsizligi)

70610302

Аxborot xavfsizligi (Аxborot kommunikatsiya texnologiyalari va servis)

70610501

Kompyuter injiniringi (“Kompyuter tizimlarini loyixalash”, “Аmaliy dasturiy vositalarni loyixalash”, “Аxborot va multimedia texnologiyalari”)

70610502

“Elektron hukumat” tizimini boshqarish

70610503

Tibbiyotda kompyuter tizimlari

70610504

Maʼlumotlar ilmi (Data Science)

70610505

Internet ashyolari

70610601

Dasturiy injiniring

70610701

Sunʼiy intellekt

70611001

Telekommunikatsiya injiniringi (Аxborot uzatish tizimlari)

70611001

Telekommunikatsiya injiniringi (Telekommunikatsiya tarmoqlari)

70611001

Telekommunikatsiya injiniringi (Teleradioeshittirish)

70611003

Telekommunikatsiya tizimlarining dasturiy taʼminoti

70611004

Telekommunikatsiya tizimlari va tarmoqlarida axborot xavfsizligi

70611005

Optik tolali tarmoqlar texnik ekspluatatsiyasi

70611101

Multiplikatsion filьmlar texnologiyalari

70611401

Pochta xizmatini tashkil etish va texnologiyasi

70611502

Аntenalar va oʼta yuqori chastotali qurilmalar

70611601

Televidenie, radioaloqa va radioeshittirish qurilmalari va tizimlari (Raqamli televideniya)

70611701

Mobil aloqa tizimlari

70611702

Intellektual axborot-kommunikatsiya tizimlari

70611703

Sunʼiy yoʼldoshli aloqa tizimlari

70611802

Videotexnologiyalar

70611901

Maxsus yoritish texnologiyalari

70710601

Elektr taʼminoti (Telekommunikatsiya tarmoqlari va tizimlari)

70711801

Tibbiy-biologik apparatlar, tizimlar va majmualar

HUDUDIY FILIALLARDA:
  • TATU Qarshi filiali

    • Kompyuter injiniringi (Kompyuter tizimlarini loyihalash)
    • Telekommunikatsiya injiniringi (Teleradioeshittirish)
  • TATU Nukus filiali

    • Telekommunikasiya injiniringi (Teleradioeshittirish)
    • Kompyuter injiniring (Kompyuter tizimlarini loyihalash)
    • Dasturiy injiniring
    • Axborot xavfsizligi(yo‘nalishlar bo‘yicha)
  • TATU Samarqand filiali

    • Kompyuter injiniring (Kompyuter tizimlarini loyihalash)
    • Telekommunikasiya injiniringi (Telekommunikasiya tarmoqlari, Axborotlarni uzatish tizimlari, Teleradioeshittirish)
  • TATU Urganch filiali

    • Kompyuter injiniringi (Kompyuter tizimlarini loyihalash)
    • Telekommunikatsiya injiniringi (teleradioeshittirish)
  • TATU Farg‘ona filiali

    • Kompyuter injiniringi (Kompyuter tizimlarini loyihalash)
    • Telekommunikasiya injiniringi (Teleradioeshittirish)
    • Axborot xavfsizligi (yo‘nalishlar bo‘yicha)
  • TATU Nurafshon filiali

    • Raqamli iqtisodiyot
    • Axborot xavfsizligi(yo‘nalishlar bo‘yicha)
    • Kompyuter injiniring (Kompyuter tizimlarini loyihalash)
    • Telekommunikasiya injiniringi (Teleradioeshittirish)

 

Hozirgi kunda TATU axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasida Markaziy Osiyoda yetakchi o‘quv muassasasi hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 2 iyundagi “Axborot texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-91 sonli Qaroriga muvofiq TATU axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash bo‘yicha tayanch oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi.

Universitet kafedralarida magistratura o‘quv rejasidagi fanlarni olib borish va o‘tkazish uchun zaruriy o‘quv laboratoriyalari va xonalari majud bo‘lib, ular yetarli darajada zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan. Jumladan, universitetda mashg‘ulotlar olib borish uchun 45 ta multimedia sinflari, 52 ta kompyuter sinflari, va 43 ta o‘quv va o‘quv-ilmiy laborotoriya xonalari mavjud.

Alohida ta’kidlash joiz o‘tgan yillar maboynida universitetda AKTRF, “O‘zbektelekom” AK, Xitoy Xalq Respublikasining ZTE, Huawei kompaniyalari, KOICA tashkilotlari bilan hamkorlikda quyidagi

  • "Samsung-KOICA”;
  • "AT-servis va parallel qayta ishlash”;
  • "Multimedia injiniring”;
  • "Axborot texnologiyalarining xavfsizlik servislari”;
  • "Tovush signallarini qayta ishlash”;
  • "Yosh dasturchilar”;
  • "CDMA-450 standartidagi uyali aloqa tizimi”;
  • "Elektron kutubxona”;
  • "Elektron axborot ta’lim resurslari”;
  • "Interaktiv o‘qitish sinfi”;
  • "IPTV o‘quv laboratoriyasi”;
  • "GSM standartidagi mobil aloqa tizimlari”;
  • "Optik tolali liniyalar va qurilmalar”;
  • "Keng polosali simsiz aloqa tizimlari”;
  • "Zamonaviy telekommunikatsiya tizimi”
  • “Zamonaviy telekommunikatsiya tizimi”
  • “Sunniy intеlеkt inovatsion markaz” NGN texnologiyasiga asoslangan o‘quv laboratoriyalari tashkil etilgan. Ushbu zamonaviy o‘quv laboratoriyalaridan magistraturada o‘quv jarayonini tashkil etishda keng foydalanib kelinmoqda.

“Teknofest Samsun 2022”

     Turkiyaning Samsun shahrida tashkil etilgan “Teknofest” aviatsiya, astronavtika texnologiyalari xalqaro yoshlar festivalida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti magistrantlari o‘z ishlanmalari bilan faol ishtirok etishdi. Ushbu festivalda ilmiy yangiliklar, yangi texnologiyalar va horijiy davlatlardan kelgan ishtirokchilar bilan bilim almashinildi.

 

“NASA International Space Apps Challenge”

     Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti magistrantlari ushbu xalqaro musobaqaning respublika bosqichidan I-o‘rinni egallab, NASA ning xalqaro final bosqichiga yo‘llanma oldilar. Musobaqa juda qiziqarli yangi g‘oya va takliflarga, yangi innovatsion ishlanmalarga to‘la bo‘ldi. Hozirda g‘olib bo‘lgan loyihani rivojlantirish bo‘yicha izlanishlar olib bormoqda. O‘zbekiston Yoshlar Ishlari Agentligi g‘oliblarni munosib taqdirladilar.

Universitetda magistratura talabalarining mustaqil ishlashi uchun barcha sharoitlar yetarli, jumladan universitet 45 mbit/s (tas-ix), 8 mbit/s (tashqi kanal) tezlikda internet tarmog‘iga ulangan zamonaviy kompyuterlar bilan jixozlangan 3 ta elektron kutubxona va kafedralardagi 52 ta kompyuter sinflari mavjud. Bundan tashqari, universitet hududida internetga ulanish uchun simsiz aloqa vositalari (wi-fi) o‘rnatilgan.

Universitetning http://www.tuit.uz sayti orqali elektron axborot resurslari bazasi (http://www.library.tuit.uz), Elektron ta’lim tizimi (etuit.uz), ZiyoNET ta’lim portaliga (http://www.ziyonet.uz), Respublika axborot-kutubxona tizimlaridan va boshqa oliy ta’lim muassasalalari saytlaridan hamda mahalliy va xalqaro ilmiy axborotlar bazalaridan foydalanish uchun sharoitlar yaratilgan.

Mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning istiqbolli vazifalaridan kelib chiqqan holda oliy malakali ilmiy kadrlar tayyorlash sohasida, universitetda 2022 yilga qadar 4308 dan magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha yuqori malakali kadrlar tayyorlanib, magistr darajasini beruvchi diplomga ega bo‘ldilar.

Universitetda magistratura talabalarining o‘quv mashg‘ulotlariga O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va komunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tasarrufidagi soxa,korxona va tashkilotlardan yetakchi mutaxassislar, tarmoq ilmiy-tadqiqot muassasalari yetakchi olimlari va turdosh bo‘lgan OTMlaridan yuqori ilmiy-pedagogik salohiyatli professor-o‘qituvchilar jalb etilgan. Magistratura talabalarining magistrlik dissertatsiyalari mavzularining 80% sohaning ustuvor yo‘nalishlariga va muammolariga bag‘ishlangan hamda ularga sohaning yuqori malakali yetakchi mutaxassislari ilmiy rahbar va ilmiy maslahatchi etib belgilangan.

Magistratura bo‘limi talabalarining turli sohalarda erishgan muvaffaqqiyatlari universitet ma’muriyati tomonidan munosib taqdirlanib, yanada rahbatlantirish maqsadida ularga barcha sharoitlar yaratib berilmoqda. Universitetning istiqbolli rejasida belgilangan vazifalarni bajarish maqsadida, professor-o‘qituvchilar tomonidan amalga oshirilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlariga iqtidorli talabalar va magistrantlar jalb etilmoqda. Shuningdek ularni “Katta ilmiy xodim-izlanuvchilar instituti”ga kirishlariga yo‘naltirish hamda ular tomonidan ishlab chiqilgan loyiha va texnik ishlanmalarini tanlov asosida “Yangi g‘oya. Investitsiya. Innovatsiya” yoshlar jamg‘armasi orqali moliyalashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.

Universitet magistraturasida yuqori malakali kadrar tayyorlashni yanada samarali tashkil etish maqsadida 2020 yil maboynida Janubiy Koreyaning yetakchi universitetlaridan 20 dan ortiq professor-o‘qituvchilari, KOICA tashkilotining ko‘ngillilari, Samsung kompaniyasining 10 dan ortiq yetakchi mutaxassislari (ko‘ngilli sifatida), TeliaSonera kompaniyasining mintaqaviy rahbarlari va menejerlari, ning rahbar xodimlari universitet magistraturasi talabalari bilan uchrashuv va muzokaralar o‘tkazgan.

Chuqur bilimga ega bo‘lish, ilmiy izlanishlarga intilish xalqimizga xos xususiyatlardan biri hisoblanadi. Shu bois ham, ta’lim muassasalarida ma’lum bir bilim darajasini egallagan yigit-qizlarimiz o‘z egallagan sohalari bo‘yicha kelajakda bundanda ko‘proq bilimga, kasbiy mutaxassisliklarining sir-sinoatlarini to‘liq egallashga, muntazam ravishda yetuklik va mukammalikka intiladilar. TATU magistrantlari respublikamiz miqyosida axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalar sohasining yanada rivojlanishi uchun o‘z hissalarini qo‘shib kelmoqdalar.

 

Magistratura bo‘limining maqsadi va vazifalari

  1. Universitet magistratura bo‘limining asosiy maqsadi uzluksiz ta’lim tizimining magistratura bosqichida yuqori malakali, yuksak madaniyatli, ma’naviy-ma’rifiy jihatdan yetuk, bilim jihatdan xalqaro standartlarga mos keluvchi raqobatbardosh magistrlarni tayyorlash.
  2. Magistratura bo‘limi bir necha mutaxassislik bo‘yicha magistrlar tayyorlaydigan universitetning o‘quv-ilmiy va ma’muriy tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi.
  3. Magistraturada o‘quv jarayoni tegishli ta’lim yo‘nalishi (magistratura mutaxassisligi) bo‘yicha tayanch oliy ta’lim muassasasi tomonidan ishlab chiqilgan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan belgilangan tartibda ekspertizadan o‘tkazilgan hamda Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv-uslubiy birlashmalar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi kengashda muhokama qilinib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (bundan buyon matnda Vazirlik deb yuritiladi) tomonidan tasdiqlangan mutaxassisliklar bo‘yicha Oliy ta’limning davlat ta’lim standartlari (bundan buyon matnda Davlat ta’lim standartlari deb yuritiladi) va o‘quv rejalari asosida tashkil etiladi.
  4. O‘quv jarayonini tashkil etish, mashg‘ulotlar jadvalini tuzishda ishtirok etish, magistrantning mustaqil ishlari xajmini belgilash va nazorat qilish.
  5. Mutaxassislik kafedralari hamda vazirlik tizimidagi korxona va tashkilotlar bilan hamkorlikda sohaning dolzarb muammolariga bag‘ishlangan magistrlik dissertatsiya mavzulari bazasini shaklllantirish.
  6. Mutaxassislik kafedralarining kasb-hunar kollejlari va akademik litseylar bilan o‘zaro hamkorlik shartnomalarini tuzish va magistratura talabalarining ilmiy-pedagogik amaliyotini o‘zaro hamkorlikda tashkil etish.
  7. Magistratura talabalari bilan bog‘liq bo‘lgan buyruqlar loyihalarini shakllantirish va universitet rektoriga tavsiya qilish.
  8. Magistratura talabalari orasida ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarni olib borish, ularni odob ahloq qoidalari bilan tanishtirish.
  9. Magistratura talabalarinng ilmiy amaliyotlarini tizimdagi korxona va tashkilotlar bilan hamkorlikda tashkil etish va uning samaradorligini oshirish chora-tadbirlarini mutaxassislik kafеdralari  bilan birgalikda ishlab chiqish.
  10. Universitet magistraturasiga qabul qilish ishlarini tashkillashtirish va amalga oshirish hamda qabul bo‘yicha taklif va mulohazalarni universitet rahbariyati bilan hamkorlikda yuqori tashkilotlarga taqdim qilish.
  11. Magistratura faoliyatini tashkil etish, uni amalga oshirish bo‘yicha chet el universitetlari tajribalarini o‘rganish va ularni samaradorligini oshirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish hamda ularni o‘quv jarayoniga tadbiq qilish.
  12. Magistraturada taxsil olayotgan iqtidorli talabalarni Davlat stipеdiatlikga tavsiya etish.
  13. Univеrsitеtni xalqaro bo‘limi bilan Xorijiy oliy ta’lim muassasalarigi almashuv dasturlariga asosan stajirovkalarga yuborishni tashkil qilish.

Manzil:

Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Amir Temur ko‘chasi, 108

TATU 343 (C blok) xona

Telefon: (0 371) 238-65-12