Korrupsiyaga qarshi kurashish

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori:

YAXSHIBAYEV DONIYOR SULTONBAYEVICH

Mamlakatimiz ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish, uning sifati hamda samaradorligini oshirish, ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash borasida keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Shu bilan birga, oliy o‘quv yurtlariga qabul jarayonlarining shaffofligini ta’minlash, ta’limdagi korrupsiya va poraxo‘rlikning oldini olishga ham astoydil kirishilgan.

Ta’lim tizimidagi islohotlar sabab vaziyat tubdan o‘zgardi, kimning bilimi, qobiliyati, salohiyati bo‘lsa, o‘sha odam o‘qiydi, degan tamoyilga amal qilina boshlandi. Shu bois endilikda ta’limdagi korrupsiyani tag-tomiri bilan yo‘q qilishga astoydil kirishilgan.

Lekin korrupsiyaga qarshi kurash tobora qat’iy bo‘lib borsa-da, ajiriq kabi uning ildizlari hali-hanuz saqlanib qolgan ko‘rinadi. Astoydil ta’lim olib, ne-ne orzular bilan o‘qishga topshirgan yoshlar manfaatini hatlab o‘tib, harom luqma bilan kun kechirishni o‘ziga odat qilgan ayrim nopok insonlar hozir ham uchrab turgani jamiyatimizdagi sog‘lom muhitga salbiy ta’sir qilmoqda. Ayniqsa, yangi o‘quv yili boshlanishi arafasida bu kabi qing‘ir amaliyot u yer, bu yerda urchiy boshlashi ham bor gap. Bunday holat nafaqat oliy ta’lim dargohlarida, balki litsey va kollejlarda, hatto umumta’lim maktablarida ham ko‘zga tashlanayotgani achinarli hol, albatta.

Prezidentimizning 2022 yil 15 iyundagi “Davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish jarayonlarini tashkil etish to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra, bir davlat OTMdan boshqa davlat OTMga o‘qishni ko‘chirishga quyidagi ikki holatda ruxsat beriladi: 

– Talaba oila qursa va turmush o‘rtog‘i doimiy yashaydigan hududdagi OTMga o‘qishini ko‘chirmoqchi bo‘lsa; 

– Davlat xizmatchisi ish yuzasidan boshqa hududga ko‘chsa va turmush o‘rtog‘i yoki voyaga yetmagan farzandining o‘qishini o‘sha hududga ko‘chirmoqchi bo‘lsa (ishga kirgan vazirlik xati asosida); 

Boshqa holatlarda “ichki ko‘chirish”ga ruxsat yo‘q. Boshqa hududga ham, o‘z hududidagi boshqa OTMga ham. 

Xorijdan o‘qishni ko‘chirishga quyidagi uch holatda ruxsat beriladi: 

– Mos va turdosh yo‘nalishga test yoki ijodiy imtihon topshiradi hamda o‘tish balini to‘plash talab etiladi; 

– O‘tish balini to‘play olmasa, bir martalik tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrak asosida o‘qishini ko‘chirishga ruxsat beriladi; 

Xorijdan mos va turdosh bo‘lmagan yo‘nalishga o‘qishni ko‘chirishga ruxsat berilmaydi. O‘qishni ko‘chirish to‘liqligicha shaffof va korrupsiyadan xoli tarzda o‘tkaziladi.  

Magistraturaga qabul ta’limning bakalavriat bosqichini tugatgan talabalarning o‘qish davomida to‘plagan o‘rtacha bali asosida (imtihonsiz) amalga oshirilmoqda. Faqatgina talabaning chet tilini bilish darajasi bo‘yicha olingan milliy yoki xalqaro sertifikati mavjud bo‘lishi shart. Ilgari taomilda bo‘lgan, kafedra a’zolari tomonidan olinadigan mutaxassislik imtihonlarining bekor qilinganligi, bu sohada ham korrupsiyaviy holatlarga barham berilganligini ko‘rsatadi. 

Xullas, oliy ta’lim tizimida keyingi yillarda boshlab yuborilgan korrupsiyaning oldini olish va uning har qanday ko‘rinishlariga qarshi murosasiz kurashish ishlari qisqa fursatda o‘z samarasini bera boshladi. Bu borada OTM professor-o‘qituvchilariga ko‘rsatilgan g‘amxo‘rlik, ya’ni ish haqining sezilarli oshirilganligi ham o‘z ta’sirini o‘tkazdi.  

Oliy ta’lim tizimi tomirlarida bugun sog‘lom va toza qon oqa boshladi. Lekin korrupsiya ham osonlikcha jon bermaydi. Bu boradagi kurash bir daqiqa bo‘lsin to‘xtamasligi kerak, deb hisoblayman. 

Korrupsiyani yangidan-yangi ko‘rinishlari bosh ko‘tarayotgani ham bor gap. Hushyor bo‘lishimiz kerak. Bu borada talaba-yoshlarimiz faolligi, vatanparvarligi muhim o‘rin tutishini unutmasligimiz shart va zarur.

 

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti faoliyati korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va baholash uslubiyoti.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari Universitetida kontragentlarni tekshirishga oid yo‘riqnoma.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti faoliyatida manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish bo‘yicha nizom.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari Universitetida korrupsiyaga qarshi tartib-taomillarning samaradorligini monitoring va nazorat qilish uslubiyoti.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari Universitetining KOrrupsiyaga qarshi kurashish "Komplaens nazorat" tizimini boshqarish bo‘limi to‘g‘risida nizom.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari Universitetiga ishga qabul qilinayotgan nomzodlarni tekshirish bo‘yicha yo‘riqnoma.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti xodimlarining etika va korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida o‘qitilishini tashkil qilish bo‘yicha yo‘riqnoma.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari Universitetida aloqa kanallari orqali korrupsiyaviy xatti-harakatlar to‘g‘risida kelib tushgan xabarlarni qabul qilish va korib chiqish reglamenti.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti xodimlarining korrupsiyaviy hatti-harakatlari va odob-ahloq qoidalarini buzish holatlari ustidan xizmat tekshiruvlari o‘tkazish bo‘yicha reglament.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari Universitetida korrupsiyaga qarshi kurash tizimining holati to‘g‘risidagi hisobotni shakllantirish va taqdim etish bo‘yicha nizom.