
Kafedra mudiri:
F.f.f.d. (PhD), dotsent Xakimov Alisher Olimjonovich
Kafedra tarixi
“O‘zbekiston tarixi” kafedrasiga 1955 yilda asos solingan bo‘lib, u alohida kafedra shaklida 1970 yilda bir qator ijtimoiy fanlar kafedralari bilan bir vaqtda tashkil etildi. Ijtimoiy fanlar kafedrasiga avval 1967 yilgacha dotsent, (keyinchalik, texnika fanlari doktori, professor, akademik) X.T.Tursunov mudirlik qildi. Kafedrada 1955 yilda, dastlab, dotsent, (1976 yil texnika fanlari doktori, 1978 yil professor) S.YA.Svirskiy faoliyat yuritdi. Keyingi yillarda dotsent V.V.Yakovlev, L.T.Salimyaznova, dotsent S.M.Yafasova, dotsent V.I.Polyakov, dotsent A.M. Mirxolikov, X.X.Abduraxmonov katta o‘qituvchi BD.Yusupov, dotsent M.T.Abdurasulovlar xizmat qildilar. Kafedraga 1965 yili M.V.Lomonosov nomidagi MDU ni tugallagan N.V.Mandralskaya qabul qilindi. Kafedra o‘qituvchilari tarix, falsafa, iqtisodiyot nazariyasi va bir qator fakultativ fanlardan talabalarga bilim berdilar.
Kafedra 1967-1983 yillari tarix fanlari nomzodi, dotsent X.X.Abduraxmonov, 1982-2003 yillari tarix fanlari doktori, professor, O‘zbekistonda hizmat ko‘rsatgan fan arbobi A.G.Abdunabiev, dotsent N.G.Ozerova, dotsentlar V.V.Yakovlev, A.M.Mirxolikov, tarix fanlari doktori, professor A.Uralov, dotsent M.M.Saidovalar, prof. Tulenova G.J., prof. Maxkamova G.J., Babadjanov mudirlik qildilar.
KAFEDRADA O‘QITILADIGAN FANLAR
Bakalavriat:
- O‘zbekiston tarixi
- Falsafa
- Dinshunoslik
KAFEDRA PROFESSOR O‘QITUVCHILARI
- Xakimov Alisher Olimjonovich - kafedra mudiri
- Babadjanov Xasan Baxtiyorovich - dotsent
- Mahkamova Nadira Raxmanovna - tarix fanlari doktori, professor
- Tulenova Gulmira Jandarovna - falsafa fanlari doktori, professor
- Boboyorov Bobomurod Normatovich - F.f.f.d. (PhD), dotsent
- Sagdullayeva Dilbar Shuhratovna - falsafa fanlari nomzodi, dotsent
- Gulamov Ilxomjon Komiljonovich - T.f.f.d. (PhD), dotsent
- Sanaqulov Abror Nazarovich - F.f.f.d. (PhD), dotsent
- Sharifxo‘djayeva Nargiza Abdumannonovna - katta o‘qituvchi
- Shirinova Fotima Nosirovna - katta o‘qituvchi
- Ziyaeva Dilorom Salixovna - katta o‘qituvchi
- Abdullaeva Ziyoda Nabievna - katta o‘qituvchi
- Azizova Mohira Anvarovna - katta o‘qituvchi
- Alimova Shaxnoza Xamidovna - katta o‘qituvchi
- Zaynitdinova Vasila Bakiyevna - katta o‘qituvchi
- Shermatova Nodira Sultonbekovna - katta o‘qituvchi
- Kasimova Zumrad Sabirjanovna - katta o‘qituvchi
- Tashkenbayeva Diyora Abdurashidovna - katta o‘qituvchi
- Karimova Gulchehra Abdukarimovna - assistent
- Ibodullayeva Gulhayo Shuxrat qizi - assistent
- Usmanov Begzod Xasanbekovich - assisent
KAFEDRADA OLIB BORILAYOTGAN ILMIY VA USLUBIY ISHLAR
2019-2020 o‘quv yilida “Scopus” va “Web of Science”bazasiga kiruvchi ilmiy jurnallaridagi maqolalar soni – 3 ta, 2019-2020 o‘quv yilida Xalqaro ilmiy jurnallardagi maqolalar soni – 13 ta, Xalqaro konferensiyalardagi ilmiy tezislar soni – 10 ta, Respublika miqiyosidagi OAK e’tirof etilgan ilmiy jurnallardagi maqolalar soni – 13 ta, Respublika miqiyosidagi konferensiyalardagi tezislar soni – 33 ta.
2020-2021 o‘quv yilida “Scopus” va “Web of Science”bazasiga kiruvchi ilmiy jurnallaridagi maqolalar soni – 7 ta, Xalqaro ilmiy jurnallardagi maqolalar soni – 21 ta, 2020-2021 o‘quv yilida Xalqaro konferensiyalardagi ilmiy tezislar soni – 23 ta, Respublika miqiyosidagi OAK e’tirof etilgan ilmiy jurnallardagi maqolalar soni – 11 ta, Respublika miqiyosidagi konferensiyalardagi tezislar soni – 24 ta.
MA’NAVIY VA MA’RIFIY ISHLAR:
Kafedra professor-o‘qituvchilari Prezident qarorlari, so‘zlagan nutqlari hamda asarlarining mazmun-mohiyatini tushuntirish yuzasidan joylarda, jumladan tashkilot, korxona hamda mahallarda reja asosida va rejadan tashqari targ‘ibot va tashviqot ishlarini olib borishmoqda.
Kafedra manzili: B-blok, 4-qavat, 414-xona