Energiya ta’minlash tizimlari

Kafedra mudiri:

t.f.n, dotsent Dilshod  Elmuradovich Eshmuradov

Qabul vaqti: Dushanba - Shanba (15:00-17:00)
Telefon: (+99871) 238-64-95

“Energiya taʼminlash tizimlari” kafedrasiga 2023 yil 15 fevraldan texnika fanlari nomzodi, dotsent Dilshod  Elmuradovich Eshmuradov kafedra mudiri lavozimiga tayinlandi. Hozirda kafedrada: 1 ta professor, 3 ta dotsent, 6 katta oʼqituvchi va 4 ta assistent professor o‘qituvchilar hamda 1 ta injiner-texnik o‘z ish faoliyatlarini olib bormoqdalar.

“Energiya taʼminlash tizimlari” kafedrasi 1958 yilda “Radioaloqa va radioeshittirish” fakulteti tarkibida “Аloqa qurilmalarining elektr taʼminoti” kafedrasi nomi bilan faoliyat yurita boshlagan.

“Аloqa qurilmalarining elektr taʼminoti” kafedrasida oʼqitiladigan fanlar boʼyicha mashgʼulotlar dastlab “Telefon aloqasi” kafedrasi tarkibidagi professor-oʼqituvchilar tomonidan olib borilgan.

Kafedra tashkil etilganda kafedra mudirligiga texnika fanlari nomzodi V.E.Korotkevich tayinlangan. Soʼngra kafedraga А.P.Golovin (1966-1975 yillar), texnika fanlari nomzodi, dotsent Yu.I.Kopnin (1975-1986 yillar), texnika fanlari nomzodi, dotsent I.А.Keldeev (1986-2002 yillar), texnika fanlari nomzodi, dotsent B.M.Maxkamdjanov (2002-2008 yillar) texnika fanlari nomzodi, dotsent M.S.Sapaev (2008-2011 yillar), F.M.Qodirov (2012-2014 yillar), texnika fanlari doktori, professor I.X.Siddikovlar (2014-2021) kafedra mudiri, PhD, dotsent O.U.Mallayev (2021-2023) kafedra mudiri bo‘lishgan. 2023 yil 15-fevraldan texnika fanlari nomzodi D.E.Eshmuradov rahbarlik qilib kelmoqda.

2021-2022 o‘quv yilida kafedra mudiri Phd, dotsenti O.U.Mallayev rahbarligida “Elektr energetikasi” ta’lim yonalishi ochildi. 

Bakalavriat

60710600 - Elektr energetikasi (“Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalar”)

Magistratura

70710601 - Elektr ta’minoti (telekommunikatsiya tarmoqlari va tizimlari)

KAFEDRADA O‘QITILADIGAN FANLAR

KAFEDRA ILMY FAOLIYATI

Kafedrada oʼqitiladigan fanlarning amaliy mashgʼulotlari sifatini talab darajasida tashkil etish uchun “Аloqa qurilmalarining qayta tiklanuvchi elektr taʼminot manbalari”, “Telekommunikatsiya tizimlari elektr taʼminoti, klimotexnika”, “Hayot faoloyati xavfsizligi va ekologiya” va “Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlash” fanlaridan fizik stendlar hamda virtual laboratoriya ishlarini bajarishda kompyuter sinfi faoliyat koʼrsatib kelmoqda.

  Talabalarning kafedrada oʼqitiladigan fanlarga boʼlgan qiziqishlarini yanada kuchaytirish maqsadida kafedrada “Konstruktor” va “Ekologiya” toʼgaraklari tashkil etilgan. To‘garaklar ishtirokchilari va kafedra fanlaridan iqtidorli talabalar oʼz ilmiy maqolalari bilan ilmiy konferentsiyalarda qatnashib kelishmoqda. Kafedra professor-oʼqituvchilari pedagogik va ilmiy faoliyatlarini yoshlarni tarbiyaviy ishlari bilan birgalikda olib borishmoqda.

    Kafedraning professor-oʼqituvchilarining ilmiy faoliyati natijasida “Uch fazali nosimmetrik tokni kuchlanishga uzgartirgich”, “Uch fazali tok nosimmetriyaligini kuchlanishga elektromagnit oʼzgartirgich” va “Harakatdagi obyeklarni ishlashini ro‘yxatdan oʼtkazish va nazorat qilish qurilmasi” nomli ixtirolarga patent, “Gibrid elektr energiya manbalarini yuklamaga bogʼliq holda boshqarish”, “Tokni kuchlanishga elektromagnit oʼzgartgichning statik tavsifi tadqiqoti”, “Elektr energiya reaktiv quvvati manbalarining nominal qiymatini tanlash”, “Tarqalgan parametr va kattalikli tokni kuchlanishga elektromagnit oʼzgartkichlarining oʼzgartirish zanjirlarini hisoblash”, “Uzluksiz texnologik obyektlar va majmualarning ierarxik koʼpsathli boshqarish tizimini analiz va sintezlash masalalarini yechishning algoritmik-dasturiy quvvatlash tizimi” va “Bilimlarni baholash korporativ intellektual test tizimi” nomli dasturiy taʼminotga patentlar olingan va shu bilan birga “Poyezdlar harakati tezligini avtomatik nazorat va rostlash tizimlari uchun burchak tezlanish induktsion datchiklari” nomli monografiya va bir qancha xalqaro va mahalliy nufuzli jurnallarda koʼplab oʼz maqolalarini chop etishgan.

Kafedrada bajariladigan davlat va chet el grantlari (fundamental, amaliy va innovatsion loyihalar) ro‘yxati

  • ПРОЕКТ ERASMUS+ ЕС: 574049-EPP-1-2016-1-IT-EPPKA2-CBHE-JP “Modernization of the Curricula in sphere of smart building engineering - Green Building (GREB)” (2016-2019)
  • “Elektr energiya reaktiv quvvati ishlab chiqarish manbalarini boshqarishning yuqori samarali usullarini yaritish” (2017-2020)
  • Siddikov I.H (kafedra barcha a’zolari ishtirok etishadi) - Lohiya rahbari
  • “Qayta tiklanuvchi energiya manbalari asosida energiya samarali SMART uylar yaratish” (2017-2019)
  • Siddikov I.H (kafedra barcha a’zolari ishtirok etishadi) - Lohiya rahbari

Kafedrada chop etilgan o‘quv-uslubiy ishlar:

  • “Методическое указание к практическим работам по предмету “Экология” для всех специальностей заочного отделения”. 2021, ТУИТ “Алокачи”;
  • “Hayot faoliyati xavfsizligi” fanidan amaliy mashg‘ulotlarю 2022, ChP “Grafika spektr”;
  • “Hayot faoliyati xavfsizligi” fanidan amaliy mashg‘ulotlar uchun uslubiy qo‘llanma. 2021, Alokachi TATU;
  • “Ekologiya” fanidan amaliy ishlar uchun o‘quv-uslubiy qo‘llanma. (sirtqi, ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim negizidagi sirtqi ta’lim oluvchi talabalar uchun). 2021, Alokachi TATU;
  • “MS va S” fanidan sirtqi ta’lim yo‘nalishi talabalri uchun  amaliy mashg‘ulotlardan uslubiy qo‘llanma. 2021, Alokachi TATU;
  • “Hayot faoliyati xavfsizligi” fanidan amaliy mashg‘ulotlar to‘plami (1-qism). (Sirtqi (maxsus sirtqi), ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim negizidagi sirtqi shaklda ta’lim oluvchi talabalar uchun). 2022, Alokachi TATU;
  • Rele himoya va avtomatikasi:Uslubiy qo‘llanma, TDTU bosmaxonasi Toshkent, 2015 48b.
  • Stansiya va podstansiyalarning elektr qismi (1 va 2- nashr), O‘quv qo‘llanma, Cho‘lpon NMIU, Toshkent, 2015 va 2016 y., 303 bet.
  • Elektr energiya istemolini nazorat qilish, (1 va 2 nashr), O‘quv qo‘llanma, ILM ZIYO NMU, Toshkent, 2012 va 2016 y.,96 b.
  • Elektrotexnikaning Nazariy Asoslaridan Masalalar to‘plami oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun o‘quv qo‘llanma (Grif № 484-049), “Adabiyot uchqunlari”, Toshkent-2015
  • Индукционные датчики угловых ускорений для систем автоматического регулирования скорости движения поездов. Монография. “Adabiyot uchqunlari”, Toshkent-2016.
  • “Метрология, стандартлаштириш ва сертификатлаштириш” TАTU bosmaxonasi Toshkent, 2017., 110b.

Ixtiroga Patentlar (патенты; petents)

  • Patent RUz. №04185. Uch fazali nosimmetrik tokni kuchlanishga uzgartirgich. // O‘zbekiston Intellektual mulk agentligi. – 2010.- №6.
  • Patent O‘zbekistonga •. №04475. Shahar kuchlanish Konverter. O‘zbekiston Intellektual mulk agentligi //. Bul. – 2012. №2.
  • Patent RU. 04562. Joriy-to-kuchlanish Konverter №. O‘zbekiston Intellektual mulk agentligi //. Bull. - 2012 yil №8.
  • Patent RU. 04907. Joriy-to-kuchlanish Konverter №. O‘zbekiston Intellektual mulk agentligi //. Bull. - 2014 №6.
  • Qaror O‘zbekiston patent berishni. Kuchlanish ichiga №IAP 2013 0164. Converter asimmetriya uch fazali joriy. O‘zbekiston Intellektual mulk agentligi //. 04/29/2013.
  • Yordamchi O‘zbekiston Intellektual mulk ortiqcha Jarayon energiya iste’molini // agentligi hisoblash uchun algoritm. 12.18.2014 sertifikati soni DGU 02926, 18.12.2014 y.
  • Электромагнитный преобразователь несимметричности трехфазного тока в напряжение, Патент РУз IAP 2014 0463 Б.И. №4, 2016 г.
  • Электромагнитный преобразователь несимметричности трехфазного тока в напряжение, Патент РУз IAP 2014 0509 Б.И. №6, 2016 г.
  • Электромагнитный преобразователь несимметричности трехфазного тока в напряжение.Патент РУз IAP 2014 0540 Б.И. №6, 2016 г.
  • Электромагнитный преобразователь несимметричности трехфазного тока в напряжение. IAP 05383. 22.03.2017

Kafedra professor-o‘qituvchilari va ilmiy izlanuvchilarining chop etgan maqolalari ro‘yxati:



  • Parallel Algorithm for Calculating the Learning Processes of an Artificial Neural Network. Materials Science and Engineeringthis link is disabled, 2021, 537(3), 032002. (Scopus);
  • Development of current converters in the power supply control and management system using renewable energy sources through artificial intelligence in the sphere of telecommunications. INTERNATIONAL CONFERENCE ON INFORMATION SCIENCE AND COMMUNICATIONS TECHNOLOGIES: APPLICATIONS, TRENDS AND OPPORTUNITIES http://www.icisct2021.org/ ICISCT 2021 CONFERENCE November 3-5, 2021 https://www.scopus.com/authid/detail.uri?authorId=57462564800;
  • The mathematical model for calculating transient modes of a valve converter. Cite as: AIP Conference Proceedings 2402, 060012 (2021); https://doi.org/10.1063/5.0071554Published Online: 15 November 2021;
  • “Improvement of the Theory of Seismic Resistance of dams as Hydro elastic Systems”. “International journal of mechanical engineering Vol. 7. №1 January, 2022. ISSN: 0974-5823.
  • Use of Draft Flights and Monitoring Systems in Agriculture in the Fight Against Pests. Texas Journal of Agriculture and Biological Sciences. 2022. ISSN NO:2771-8840.
  • Tarmoqda video malumotlarni o‘tkazishda transport satxi protokollarining tahlili. Tadqiqot. Uz.Xalqaro texnika jurnali.TEXNIKAL SCIENSE.2021-Volume 4. ISSUE 1. –pp 18-23.
  • ELECTRICAL ENGINEERING. UNIVERSUM: TYeXNIChYeSKIYE NAUKI Nauchnыy jurnal Vыpusk: 2(95) Chast 7. Fevral 2022. doi - 10.32743/unitech. 2022.95.2.13134 Modelling and research of harmonic components of current and voltage in electric nets.
  • The Electromagnetic Transducers of Asymmetry of Three-phases Electrical Currents to Voltage Universal Journal of Electrical and Electronic Engineering 3(5): 146-148, 2015  DOI: 10.13189/ujeee.2015.030502  http://www.hrpub.org
  • Режимы работы электрических сетей устройств связи и телекоммуникации при несимметричных электрических нагрузках. Вестник ТУИТ» журнал №4(36), Ташкент, 2015, с.140-143
  • Способ уменьшения не симметрии в трехфазных электрических сетях. «Вестник ТУИТ» журнал №1(33), Ташкент, 2015, с.114-117
  • Методы оценки качества обучения и совершенствования образовательных программ. 9-я Всероссийская научно-практическая конференция «Управление качеством образования, продукции и окружающей среды», Россия, Бийск, 2015
  • Оценка качества образовательных программ. 9-я Всероссийская научно-практическая конференция «Управление качеством образования, продукции и окружающей среды», Россия, Бийск, 2015, с. 10-12
  • Research of the Influence of Nonlinear Primary Magnetization Curves of Magnetic Circuits of Electromagnetic Transducers of the Three-phases Current / Universal Journal of Electrical and Electronic Engineering. Horizon Research Publishing Corporation USA. 2016, Vol.4, N1, - p.29 - 32, http://www.hrpub.org
  • The transducers of primary current to secondary voltage with flat measuring windings for control of reactive power. Austrian  Journal of Technical and Natural Sciences, “East West” Vienna, Austria, 2016, No 9-10 (September - November), р.72-75,   http://www.ew-a.org

Kafedraning rivojlanishidagi hamkorliklar

    • L’Aquila universiteti (Italiya)
    • Qirollik texnologiyalar instituti (Shvetsiya)
    • Madrid politexnika universiteti (Ispaniya)
    • Sloveniya qurilish klasteri (Sloveniya)
    • Zaltsbur amaliy fanlar universiteti (Avstriya)
    • Moskva davlat qurilish universiteti (Rossiya)
    • Astraxan muhandislik-qurilish universiteti (Rossiya)
    • Kazan davlat arxitektura-qurilish universiteti (Rossiya)
    • Ogaryova nomidagi Mordova davlat universiteti (Rossiya)
    • Fuqoralik qurilishi ta’lim tashkilotlari assotsiatsiyasi (Rossiya)
    • Rus texnika jamiyati (Rossiya)
    • Mongoliya milliy universiteti (Mongoliya)
    • Mongoliya fan va texnologiyalar universiteti (Mongoliya)

O‘ZBEKISTON

  • Toshkent davlat texnika universiteti (TDTU)
  • Toshkent temir yo‘l muxandislari instituti (TTMI)
  • Qoraqalpoq davlat universiteti (QQDU)
  • Urganch davlat universiteti (URDU)
  • Jizzax politexnika instituti (TPI)
  • “O‘ZBYeKYeNYeRGO” AJ MChJ ilmiy-texnika markazi bilan Innovatsion xamkorlik o‘rnatilgan

Yevropa ittifoqi ERASMUS+ GREB loyihasi asosida tayyorlangan o‘quv qo‘llanmalar:

METROLOGIYA, STANDARTLASHTIRISH VA SERTIFIKATLASHTIRISH

HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI. EKOLOGIYA

“Energiya taʼminlash tizimlari” kafedrasi professor o‘qituvchilarining Oʻzbekiston davlat tabiat muzeyiga 23 fevral kuni Oʻzbekiston davlat tabiat muzeyiga tashrifi buyurdi.

“Energiya ta’minlash tizimlari” kafedrasi PO‘lari 2023 yil 18 mart kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida bo‘lib o‘tgan “Xar kuning Navro‘z bo‘lsin, jonajon O‘zbekiston” shiori ostida “NAVRO‘Z” saylida ishtirok etdilar.  Madaniy-ma’rifiy sayl o‘tkazildi. Xar bir fakultetlarga viloyatlarnig urf-odatlari, milliy kiyinish odoblari, hunarmandchilik ishlari, qo‘l mehnatlari, milliy taomlar ko‘rgazmalari, kitoblar ko‘rgazmasi va badiy qism ko‘rinishlari bo‘lib musobaqa o‘tkazildi. Sayl davomida qiziqarli o‘yinlar, sport musobaqa chiqishlari bo‘lib,. o‘zlarining tayyorlagan ko‘rinishlari bilan barcha tashrif buyurgan qatnashchilarga madaniy xordiq ulashdilar. Navro‘z bayramidan ayrim lavhalar.

2023 yil 31 mart kuni Televizion texnologiyalar fakulteti tashabbusi bilan O‘zbekiston Badiiy Akademiyasi Markaziy ko‘rgazmalar zaliga O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasining “Teatr, kino va animasiya rassomlari” sho‘’basining “Makon va vaqt tashqarisida” deb nomlangan ko‘rgazmasiga 2 kurs bosqich 515-21 TTr va 516-21 AVTr guruhi talabalari bilan bilan qatnashildi.

2023 yil 30 mart kuni Televizion texnologiyalar fakulteti professor o‘qituvchilar tashabbusi bilan “O‘zekspomarkaz” MKMda “Oziq-ovqat, ingredientlar va ishlab chiqarish texnologiyalari – УзФоод 2023” 22-xalqaro ko‘rgazmasiga qatnashildi. “УзФоод Узбекистан” ko‘rgazmasi O‘zbekistondagi eng yirik oziq-ovqat ko‘rgazmasi hisoblanadi.
УзФоод oziq-ovqat sanoati va oziq-ovqat sektoridagi asosiy voqea hisoblanadi. Ko‘rgazmada har yili oziq-ovqat sanoatining etakchi ishlab chiqaruvchilari, etkazib beruvchilari va distribyutorlari O‘zbekiston va jahon oziq-ovqat bozorlarini namoyish etildi. Ko‘rgazmaga har yili sohaning etakchi kompaniyalari rahbarlari, importyor va distribyutorlar tashrif buyurishadi. Ularga keng turdagi mahsulot va jihozlar bilan tanishish, hamkorlar topish imkoniyati yaratilmoqda.

Yunusobod tumanidagi “Muruvvat” MFYda faollar zalida "Muruvvat" MFY fuqarolari ishtirokida "Biz Yangilanayotgan Konstitusiyamiz uchun ovoz beramiz" mavzusida yangilanayotgan Konstitusiya targ‘ibotiga bag‘ishlangan navbatdagi tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirga taklif etilgan universitetning televizion texnologiyalari fakulteti "Energiya ta’minoti tizimlari" katta o‘qituvchilari M.Haydarbekova, G.Rahmonova hamda assistentlar G.E.Saidova va G.A.Saidovalar Qomusimiz mazmun-mohiyati, yangi tahrir loyihasiga kiritilgan qo‘shimcha va o‘zgarishlar borasida tadbir ishtirokchilariga ma’lumot berdilar. Tadbirda ishtirok etgan mahalla fuqarolari Yangi Konstitusiya loyihasi bo‘yicha qiziqtirgan savollariga javob oldilar. Jami 10 nafar ishtirokchilar ishtirok etishdi.

Hozirgi kunda elektr energiyasini ishlab chiqarish va uning isrofini kamaytirish muhim ahamiyatga ega bo‘lib qolmoqda. Bu muammolar ayniqsa  axborot texnologiyalari, telekommunikatsiya va televideniya sohalarida  alohida o‘ringa ega. Masalaning muhimligini e’tiborga olib universitetimizda 2021-2022 o‘quv yilida Elektr ta’minoti (telekommunikatsiya tarmoqlari va tizimlari) mutaxassisligi  tashkil etilgan edi. 2023 yil 29 may kuni “Elektr ta’minoti” (telekommunikatsiya tarmoqlari va tizimlari) mutaxassisligi bo‘yicha magistratura talabalari O‘rinov Dilmurod “Telekommunikatsiya tizimlari elektr ta’minot manbalari monitoringi” mavzusida hamda Formanova Husnora “Telekommunikatsiya obektlarining elektr ta’minotida energiya isrofi va uni kamaytirih usullari” mavzusida magistrlik dissertatsiya ishlarini muvaffaqiyatli himoya qilishdi. Soha korxonalarining yetuk mutaxassislari hamda oliy ta’limning taniqli  professorlaridan tashkil topgan DAK tarkibi magistrantlarni ishlarini yuqori baholashdi va ilmiy ishlar natijalarini soha korxonalarida qo‘llashga tavsiya berishdi. Elektr ta’minlash tizimlari kafedrasining “Elektr ta’minoti” (telekommunikatsiya tarmoqlari va tizimlari) mutaxassisligining birinchi bitiruvchilariga omad tilab qolamiz.

 

Al-Xorazmiy nomidagi TATU Televizion texnologiyalar fakulteti Energiya ta’minlash tizimlari kafedrasining 2023-2024 o‘quv yilida 1-kursga qabul qilingan talabalar bilan “1-kurs maktabi” mavzusida davra suhbatlarini o‘tkazildi.

12 sentabr kuni “Energiya ta’minlash tizimlari” kafedrasi pofessor-o‘qituvchilari tomonidan 60710600 – Elektr energetikasi (axborot texnologiyalar va kommunikatsiyalar) bakalavriat ta’lim yo‘nalishining 1-kursiga qabul qilingan talabalari bilan uchrashuvi o‘tkazildi. Tadbirda “Televizion texnologiyalar” fakulteti dekani O.Narzulloev, dekan muovinlari, tyutorlar hamda kafedra a’zolari ishtirok etdilar.

 

 

Tadbirni fakultet dekani O.Narzulloev kirish so‘zi bilan ochib, so‘zni kafedra mudiri D.Eshmuradovga berdi. D.Eshmuradov talabalarga kafedra a’zolarini tanishtirib o‘tdi, shuningdek, 4 yil mobaynida talabalar tahsil olishlari uchun yaratilgan sharoitlar, o‘quv rejasi, o‘quv rejadagi fanlar tarkibi, ularning qisqacha mazmuni haqida to‘xtalib o‘tdi.

 

 

So‘zga chiqqanlar dotsent M.Sapaev va katta o‘qituvchi N.Amurova mutaxassislik fanlari haqida ma’lumot berib, kafedraning xorijiy oliy ta’lim muassasalari, Respublikamizdagi kafedraning mutaxassisligiga mos keluvchi korxonalar bilan hamkorlik, kafedraning filiallari va korxonalarda amaliyot o‘tash orqali malakalarini oshirib, auditoriyalarda olgan bilimlarini mustahkamlab borishlari uchun sharoitlar to‘g‘risida prezentatsiya shaklida so‘zlab berdilar.

 

 

Shundan so‘ng talabalarni qiziqtirgan savollarga javob berildi. Uchrashuv qiziqarli va mazmunli o‘tdi.