Axborot-resurs markazi

Markaz rahbari

Muxammedova Malika Akilovna

Telefon: (0 371) 238-64-70
E-mail: tuit@tuit.uz

Ахborot resurs markazi - ARM ( 2007 yilgacha Universitet kutubxonasi) 1955 yilda tashkil etilgan. ARM fondi Moskva, Leningrad, Odessa elektrotexnika aloqa institutlari tomonidan yuborilgan ijtimoiy, fizika, matematika, va ximiya fanlari bo‘yicha bir necha yuzlab kitoblardan iborat bo‘lgan. Shu yilning o‘zida Toshkentning kitob do‘konlaridan adabiyotlarni sotib olish boshlangan. 1956 yilning 1 yanvarida kutubxona fondi 4395 nusxali kitob tashkil etar edi. 15 o‘qituvchiga va 153 talabaga hizmat ko‘rsatar edi.

Hozirgi kunda ARM yagona kitobxonlik guvohnomasi bilan 6 ming kitobxonga va elektron manbalardan foydalanuvchilarga hizmat ko‘rsatmoqda. Kitobxonlar orasida universitet talabalari, professor-o‘qituvchilar tarkibi, xodimlari, aspirantlaridan tashqari boshqa oliy o‘quv yurtlari talabalari va o‘qituvchilari, malaka oshirish kursi tinglovchilari, telekommunikatsiya sohasidagi korxona xodimlari ham mavjud. ARM abonement tizimi orqali kitoblarni uyda, hamda qiroatxonalarda foydalanishning keng imkoniyatini yaratadi. ARM an’anaviy, ya’ni qog‘ozda tashuvchi va elektron ma’lumotlardan iborat.

Kutubxona fondi bugungi kunda 351081 ming nusxa atrofida bo‘lgan kitoblar, broshyuralar, jurnallar, disket va CD-ROMlar tashkil etadi. Fondning 61% o‘quv adabiyotlar 32% - ilmiy, 5% - badiiy, qolganlari - boshqa adabiyotlar tashkil etadi. Yil mobaynida kutubxona 6 ming kitob oladi, 100 nomli jurnallar va 65 nomli gazetalarga obuna bo‘ladi.

 Kutubxona kitobxonlar bilan turli xil ishlar va metodlar olib boradi:

  • oyda ikki marta Kafedra kunlari uyushtiriladi;
  • mavzuli kitobli-illyustrativli, hamda yangi adabiyotlar ko‘rgazmalari o‘tkaziladi;
  • har doim yangi kelgan adabiyotlarga byulettenlar ochiladi;
  • 1980 yildan kutubxona kafedra kunlarini o‘tkazadi;
  • 1983 yildan bitiruvchilar kunlari, hozir esa bakalavriat bitiruvchilari, adabiyotlarni ochiq ko‘rish, ma’lumotli sharhlar olib boriladi;
  • RDHK tizimida 10 abonementga oliy maktab muammolari bo‘yicha 21 mavzuda va boshqa ma’lumotlar bilan ta’minlaydi.

Bizning kitobxonlarga: kutubxonaning kitob fondiga an’anaviy kitobxon katalogi (tizimli va alfavitli), aloqa bo‘yicha maqolalarning tizimli kartotekalari, Respublikaning hozirgi hayotiga doir aktual savollar bo‘yicha mavzuli kartotekalari bo‘yicha keng ma’lumot apparati mavjud.

Hozirgi kunda ARM 6800 dan ortiq foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatadi.

ARM ning umumiy fondi 46028 nomda 351081 nusxadan bo‘lib, ulardan:

  • ilmiy adabiyotlar 26660 nom/116709 nusxa;
  • darsliklar 1542 nom/40096 nusxa;
  • o‘quv qo‘llanmalar 4822 nom/166532 nusxa;
  • badiiy adabiyotlar 11461 nom/17407 nusxani tashkil etadi
  • davlat tilida 7032 nom/93430 nusxada

shundan:

  • ilmiy adabiyotlar 22637 nom/19114 nusxa;
  • darsliklar 528 nom/16881 nusxa;
  • o‘quv qo‘llanmalar 1689 nom/42640 nusxa;
  • badiiy adabiyotlar 1776 nom/5703 nusxa

Elektron hujjatlar fondi 30088 nomda bo‘lib,

  • shulardan elektron darsliklar 4064,
  • elektron o‘quv qo‘llanmalr 8003,
  • elektron ilmiy adabiyotlar 16684,
  • elektron xorijiy adabiyotlar 7838.