Chet tillar

Kafedra mudiri:

Sharipova Aziza Abdumanapovna

Qabul vaqti: Seshanba – Juma ( 12:00 – 14:00)
Telefon: (0 371) 238-64-67

 Chet tillar kafedrasi 1955-yilda tashkil etilgan. Kafedrada ingliz, nemis, fransuz va rus tillari o‘qitilgan. 1980-yil kafedra tarkibidan rus tili kafedrasi ajralib chiqib, Chet tillar kafedrasi alohida faoliyat yuritib kelmoqda. Kafedrada ingliz, nemis va fransuz tillari o‘qitilib kelinmoqda. Dastlab kafedra mudiri O.E.Kostromina 1980 -1991 yillarda, 1991-1997 yillarda dotsent Y.A.Inagamova,  1999–2013 yillarda katta o‘qituvchi G.N. Suleymanova, 2013-yil  20-fevraldan 2018-yil 9-yanvargacha katta o‘qituvchi V.X. Gaziyeva faoliyat yuritgan. 2018-yil 11-yanvardan fil.f.d.(PhD), dotsent A.A.Sharipova kafedra mudiri lavozimida ishlab kelmoqda. Kafedrada bakalavr ta’lim yo‘nalishining barcha yo‘nalishlarida (kunduzgi va sirtqi) ingliz, nemis, fransuz tillarida amaliy mashg‘ulotlar olib borilmoqda. Kafedrada 33 ta xodim faoliyat yuritadi: 1 ta kafedra mudiri, 7 ta dotsent,  10 ta katta o‘qituvchi, 16 ta assistent. 2000-2001 o‘quv yili davomida Texas universitetidan professor-o‘qituvchilar  guruhi kelib, kafedra o‘qituvchilari bilan tajriba almashganlar. Shu bilan birga institutimizda amaliyot daslarini o‘tashgan. Kafedra o‘qitish usulini ishlab chiqish, faol o‘qitish uslublarini tatbiq etish mavzusida ilmiy izlanishlar olib bormoqda va shuningdek kafedra a’zolari xalqaro, respublika va universitetda o‘tkaziladigan ilmiy-amaliy konferensiyalarda o‘z maqola va tezislari bilan qatnashib kelmoqda. 2006-yili G.S.Sobirova Malayziya texnika universitetida tashkil etilgan "Multimedia in English Teaching”  dasturida tahsil oldi va malaka oshirdi. Shuningdek, G.N.Suleymanova iste’dod jamg‘armasining sovrindori va MARA texnologiyalar universitetida yangi pedtexnologiyalar dasturi bo‘yicha malaka oshirib keldi. Shu bilan birga 2006-yil oktyabr oyida O‘zbekiston va Germaniya va Axborot texnologiyalarining kasbiy ta’lim sohasini takomillashtirishdagi roli loyihasida maslahatchi o‘qituvchi bo‘lib qatnashdi.

   1991-yildan buyon 100 dan ortiq o‘quv va o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar chop etildi va ulardan 5 tasi muvofiqlashtirish kengashi guvohnomasiga ega.

   Har yili 3 bosqichda tashkil topgan “O‘zbekiston intelektual avlodi “ nomli ilmiy-amaliy konferensiya va “Chet tilini o‘rganish uchun yaratilgan ilova va ishlanmalar tanlovi” o‘tkaziladi va bunda TATU va uning filiallaridan yuzlab talabalar ishtirok etadilar. Konferensiyaning asosiy maqsadi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va uning filiallari talabalari orasidan o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha olgan bilimlarini nazariy va amaliy tomonlarini namoyon qilgan va o‘z fikrlarini ingliz tilida ravon bayon eta olgan iqtidorli, qobiliyatli va iste’dodlilarini aniqlash, ulardagi ijobiy qobiliyatlarini ro‘yobga chiqishiga ko‘maklashish va qo‘llab quvvatlash bo‘lgan.

 Chet tillar kafedrasi katta o‘qituvchisi Nargiza Sharofutdinovna Nasirova talabalari bilan har yili Fransiyaning O‘zbekiston elchixonasi madaniy hamkorlik tomonidan tashkil etilgan Frankofoniya tanlovida qatnashib, sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritib kelmoqda. Til va ta’lim attashesi V.Villyom TATU rahbaryatiga, Chet tillar kafedrasi katta o‘qituvchisi  N.SH.Nosirovaga talabalarning qatnashuvi uchun o‘z minnaddorchiligini bildirdi. 

   “Eng yaxshi ingliz tili o‘qituvchisi” respublika tanlovida kafedramiz katta o‘qituvchilari Zohidova Go‘zal Elbekovna (2014),  Ibragimova Nayira Anvarovna (2016) qatnashib, tanlov g‘olibi bo‘ldi va Ibragimova Nayira Anvarovna 2016-yilning avgust oyida Buyuk Britaniyaga 2 haftalik o‘quv kursiga borishga muyassar bo‘ldi. 2017-yil Sharipova Aziza Abdumanapovna ”Eng yaxshi pedagog” Respublika tanlovida g‘olib bo‘ldi. Kafedra o‘qituvchilaridan 15 nafari mustaqil tadqiqotchi sifatida izlanish olib bormoqdalar.

2021-yil 9-10 mart kunlari AKT sohasida iqtisodiyot va manegment fakulteti Chet tillar kafedrasi tomonidan “Xorijiy tillarni o‘qitishda multimedia texnologiyalarining o‘rni” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjumani o‘tkazildi. Ushbu ilmiy-amaliy anjumanda: Xorijiy tillarni o‘qitishda multimedia texnologiyalarini joriy etish holati va istiqbollari; Bugungi kunda o‘quv jarayonini tashkil etish sifatini oshirishda multimedia texnologiyalarining ahamiyati; Nofilologik ta’lim yo‘nalishi talabalarining madaniyatlararo muloqot kompetensiyalarini shakllantirishda zamonaviy yondashuvlar; Imkoniyati cheklangan talabalarda xorijiy til ko‘nikmalarini shakllantirishning usul va vositalari kabi dolzarb masalalar muhokama qilindi.

   Kafedrada iqtidorli talabalar bilan ishlash yo‘lga qo‘yilgan. Iqtidorli talabalar bilan ishlash jarayonida guruh rahbarlari seminarlar, bahs-munozaralar o‘tkazildi. Shuningdek, fakultetlararo bahs-munozara o‘tkazildi va g‘oliblar mukofotlandi.

 Kafedra o‘qituvchilari  o‘z malakalarini oshirish borasida muntazam ish olib boradilar. Joriy o‘quv yilining birinchi yarmida 23 nafar kafedra professor-o‘qituvchilari  ingliz tilini bilish darajasi C1 sertifikatlarini qo‘lga kiritdilar.

Kafedrada o‘qitiladigan fanlar

  • Ingliz tili
  • Fransuz tili
  • Nemis tili

Kafedra professor o‘qituvchilari

 Sharipova Aziza Abdumanapovna  

Chet tillar kafedrasi mudiri, PhD, dotsent CEFR (C1)

 

 Ibragimova Nayira Anvarovna  

Chet tillar kafedrasi PhD, dotsent CEFR (C1)

 Razzakova Gulchexra Rustamovna  

Chet tillar kafedrasi katta o‘qituvchisi CEFR (C1)


 Muxitdinova Munira Ravshanovna  

Chet tillar kafedrasi dotsenti PhD

 Abdiyeva Saida Irisovna  

Chet tillar kafedrasi katta o‘qituvchisi CEFR (C1)

 Xodjimuratova Malika Valiyevna  

Chet tillar kafedrasi asisstenti CEFR (C1)


 Suleymanova Galina Nikolayevna  

Chet tillar kafedrasi Dotsen

 Xakimova Laziza Yusupovna  

Chet tillar kafedrasi katta o‘qituvchisi CEFR (C1)

 Umarxodjayeva Xilola Sirojitdinovna  

Chet tillar kafedrasi asisstenti CEFR (C1)


 Shaxakimova Mavjuda Tashpulatovna  

Chet tillar kafedrasi Dotsent APTIS (C1)

 Avezova Dildora Davlatovna  

Chet tillar kafedrasi katta o‘qituvchisi CEFR (C1)

 Abulkasimova Yulduzxon Sunnatillayevna  

Chet tillar kafedrasi asisstenti APTIS (C1)


 Abduvaxobova Dilnoza Nurmaxamatovna  

Chet tillar kafedrasi Dotsent CEFR (C1)

 Abduraxmonova Mavluda Sadikovna  

Chet tillar kafedrasi katta o‘qituvchisi

 Shukurova Zilola Fazlitdinovna  

Chet tillar kafedrasi asisstenti APTIS (C1)


 Safarova Fotima Isamitdinovna  

Chet tillar kafedrasi Dotsent TKT (C1)

 Nasirova Nargiza Sharofdinovna  

Chet tillar kafedrasi katta o‘qituvchisi CEFR (C1)

 Raxmonova Gulxayo Xalilovna 

Chet tillar kafedrasi asisstenti APTIS (C1)


 Ibragimova haxnoza Turgunovna  

Chet tillar kafedrasi katta o‘qituvchisi CEFR (C1)

 Kadirova Feruza Xikmatullayevna  

Chet tillar kafedrasi katta o‘qituvchisi TKT (C1)

 Alimuxamedova Xabiba Rustamovna  

Chet tillar kafedrasi asisstenti APTIS CEFR (C1)


 Atashikova Nilufar Anarmatovna  

Chet tillar kafedrasi katta o‘qituvchisi CEFR (C1)

 Karimova Diyora Abduvaxidovna  

Chet tillar kafedrasi asisstenti APTIS (C1)

 Saidvaliyeva Dilafruz Ravshanovna 

Chet tillar kafedrasi asisstenti APTIS (C1)


 Nigmatova Xilola Abrarovna  

Chet tillar kafedrasi katta o‘qituvchisi TKT (C1)

 Radjabova Dilnoza Anvarovna  

Chet tillar kafedrasi asisstenti IELTS (C1) TKT (C2)

 Muksimova Nazokat Abdulloyevna  

Chet tillar kafedrasi asisstenti


 Salaxova Elza Zagirovna  

Chet tillar kafedrasi katta o‘qituvchisi CEFR (C1)

 Abdirazzakova Sadoqat Alimbayevna 

Chet tillar kafedrasi asisstenti CEFR (C1)

 Kalandarova Mushtariy Yashnarovna  

Chet tillar kafedrasi Stajer oqituvchisi (Nemis tili) Goethe-Zertifikat (C1)

 
Universitet va chet tillar kafedrasi tomonidan tashkil etilgan Respublika ilmiy va amaliy konferensiyalar to‘plamlari:
 

Tatu chet tillar kafedrasi Respublika konferensiyasi 2019

Tatu chet tillar kafedrasi Respublika konferensiyasi 2020

Tatu chet tillar kafedrasi Respublika konferensiyasi 2021