Axborot xavfsizligi

Kafedra mudiri

G‘aniyev Abduxalil Abdujalilovich

Qabul vaqti: Dushanba-Payshanba(14:00-16:00)
Telefon: (0 371) 238-65-25

Toshkent axborot texnologilari universitetida “Axborot xavfsizligi” kafedrasi t.f.d., professor M.M.Karimov rahbarligida 2006 yil sentyabr oyida "Axborot xavfsizligi” ta’lim yo‘nalishi va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha yuqori malakali kadrlar tayyorlash maqsadida tashkil etildi.

Kafedrada o‘quv-uslubiy va ilmiy-tadqiqot ishlarining shakllanishi va rivojlanishida prof. S.K.G‘aniyev, prof. M.M.Karimov, t.f.n., dotsent A.A.G‘aniyev, t.f.n., dotsent S.Yu.Yusupov, t.f.n., dotsent K.A.Tashev, D.S., professor
D.Ya. Irgasheva, katta o‘qituvchi D.G.Abdullayevlar salmoqli hissa qo‘shdilar.

Kafedrani 2010 yilgacha t.f.d., professor M.M.Karimov, 2010-2013 yillar t.f.n., dosent S.Yu.Yusupov, 2013-2016 yillar D.S., professor D.Ya. Irgasheva, 2016-2021 yillar t.f.n., dotsent A.A.G‘aniyev, 2021-2022 yillar Sh.R. G‘ulomovlar mudirlik qilib keldilar.  

2022 yil 16 dekabrdan t.f.n., dotsent G‘aniyev Abduxalil Abdujalilovich kafedra mudiri etib tayinlandi.

Qator yillar davomida kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan magistratura talabalariga "Axborot nazariyasi va kodlash”,  "Biznesni uzluksizligi va avariyaviy tiklash”, "Ilmiy tadqiqot metodologiyasi”, “Axborot intellektual himoyalash tizimlari” "Kompyuter kriminalistikasi”, bakalavriatura talabalariga "Axborot xavfsizligi”, “Kiberxavfsizlik asoslari”, “Kiber-huquq va kiber-etika”, “Axborot xavfsizligi xavflarini boshqarishga kirish”, “Kiberxavfsizlik siyosati”, “Axborotni himoyalashning tashkiliy va texnik usullari”, “Axborot nazariyasi va kodlash”, “Cloud Computing xavfsizligi”, “Axborotni himoyalashning apparat va dasturiy vositalari”, “Zararli dasturlar”, “Cyber Security injiniringi”, “Tarmoq xavfsizligi”, Axborot tizimlarini auditlash”, “Hujum intsidientlari va unga reaktsiya”, “Web-ilovalar xavfsizligi”, "Kompyuter tizimlari va tarmoqlarida axborot xavfsizligi”, "Kriptografiya usullari”, "Simsiz tarmoqlarda axborot xavfsizligi”, "Kriptografik protokollar”, “Threat intelligence” texnologiyalari”, “Ochiq kodli operatsion tizimlar xavfsizligi” kabi fanlardan mashg‘ulotlar olib borildi va olib borilmoqda.

Kafedrada mashg‘ulotlar o‘tkaziladigan fanlar bo‘yicha professor-o‘qituvchilari tomonidan bir qator ma’ruza matnlari, o‘quv-uslubiy ko‘rsatmalar jumladan, 2021-yilda SH.R.G‘ulomov, Nasrullayev N.B., L.Shirinov, Sh.B.Sayfullevlar tomonidan lotin alifbosida "Axborot tizimlarini auditlash” nomli o‘quv qo‘llanma, A.A.Ganiyev, Z.I.Azizovalar tomonidan tomonidan “Axborot tizimlarini auditi” nomli uslubiy ko‘rsatmalar chop etildi.

Bundan tashqari Ganiyev S.K., Karimov M.M., Tashev K.A. “Axborot xavfsizligi” Oliy o‘quv yurti talabalari uchun darslik,  Ganiyev S.K., G‘ulomov Sh.R. Axborot nazariyasi va kodlash Oliy o‘quv yurti talabalari uchun o‘quv qo‘llanma,  Kuchkarov T.A. va Shamshiyeva B.M. “Kompyuter tizimlari va tarmoqlarida axborot xavfsizligi” fanidan laboratoriya ishlarini bajarishga uslubiy ko‘rsatma, Tashev K.A., Irgasheva D.Ya. va Nasrullayev N.B. “Kriptografik protokollar” fanidan amaliy mashg‘ulotlarni o‘tkazishga uslubiy ko‘rsatmalar chop etilgan.

Kafedrada xalqaro tashkilotlar tomonidan moliyalanadigan amaliy va fundamental loyihalar jumladan 2020 yildan 100 mln. so‘mlik BVF4-023 “Taqsimlangan axborot-kommunikatsiya tizimlarida insidentlar va kiberxujumlarga qarshi xarakatlarni boshqarish muammolarini tadqiq etish” fundamental loyiha olib borilgan. Kafedraning bir guruh katta ilmiy xodim-izlanuvchilari va mustaqil tadqiqotchilari ushbu ilmiy-tadqiqot ishlari bilan uzviy bog‘langan mavzularda (Ph.D.) doktorlik dissertasiyalarini tayyorlamoqdalar.  

Hozirgi kunda kafedraning professor-o‘qituvchilaridan prof. Ganiyev S.K., dotsentlar: Kuchkarov T.A., Ganiyev A.A, Samarov X.K., katta о’qituvchilar: Xolimtayeva I., Fayziyeva D.S., Bekmirzayev O.N., assistentlar: Xaydarov E.D., Shirinov B.B., Shukurov O.P., o‘qituvchi stajyor: Axmedova N.K., doktorantlar: Abdullayev D.G., Shirinov L.T., Usmanbayev D.Sh., Sayfullayev Sh.B., Azizova Z.I. faoliyat va tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar.

BAKALAVRIAT

5330300-Axborot xavfsizligi yo‘nalishi (sohalar bo‘yicha)

60610300- Axborot xavfsizligi yo‘nalishi (sohalar bo‘yicha)

MAGISTRATURA 

70610302 – Axborot xavfsizligi mutaxassisligi   

 

KAFEDRADA O‘QITILADIGAN FANLAR:

Bakalavriat:

  • kiberxavfsizlik asoslari;
  • axborot xavfsizligi xavflarini boshqarishga kirish;
  • tarmoq xavfsizligi;
  • “threat intelligence” texnologiyalari;
  • ochiq kodli operatsion tizimlar xavfsizligi;

Magistratura:

  • kompyuter kriminalistikasi;
  • biznesni uzluksizligi va avariyaviy tiklash;
  • axborotlarni himoyalashda intellektual vositalarni qo‘llash;
  • kiberxavfsizlikda mashinali o‘qitish;
  • axborot nazariyasi va kodlash;
  • ilmiy tadqiqot metodologiyasi;

KAFEDRA PROFESSOR O‘QITUVCHILARI

  • G‘aniyev Abduxalil Abdujaliovich - kafedra mudiri, t.f.n., dotsent;
  • G‘aniyev Salim Karimovich - t.f.d., professor;
  • Kuchkarov Toxir Anvaryovich - t.f.n., dotsent;
  • Samarov Husnutdin Kamardinovich - t.f.n., dotsent;
  • Bekmirzayev Obidjon Nuraliyevich – PhD., dotsent v.b.;
  • Xolimtayeva Iqbola Ubaydullayevna - Katta о’qituvchi;
  • Fayziyeva Dilsora Salimovna - katta о’qituvchi;
  • Shirinov Bobur Botir о’g‘li – assistent;
  • Shukurov Orziqul Pardayevich – assistent;
  • Axmedova Naima Kodirovna - o‘qituvchi stajyor;
  • Abdullayev Dilmurod G‘ulomovich - tayanch doktorant;
  • Azizova Zarina Ildarovna - tayanch doktorant;
  • Sayfullayev Sherzod Baxtiyor о’g‘li – tayanch doktorant;
  • Usmanbayev Doniyorbek Shuxratovich - tayanch doktorant;
  • Shirinov Laziz Tohirovich – tayanch doktorant.

O‘RINDOSHLIK ASOSIDAGI PROFESSOR - O‘QITUVCHILAR

  • Karimov Madjit Malikovich - t.f.d., professor
  • Sagatov Miraziz Vorisovich - t.f.d., professor
  • G‘ulomov Sherzod Rajaboyevich - Ph.D., dotsent;
  • Botirov Fayzullajon Baxtiyorovich - Ph.D., dotsent
  • Yusupov Bahodir Karamatovich - Ph.D., dotsent
  • Turapov Sherzod Nurmatovich - Ph.D., dotsent
  • Abdullayev Dilmurod G‘ulomovich - katta о’qituvchi;
  • Azizova Zarina Ildarovna - katta о’qituvchi;
  • Sayfullayev Sherzod Baxtiyor о’g‘li – assistent;
  • Usmanbayev Doniyorbek Shuxratovich – assistant;
  • Haydarov Elshod Dilshod о’g‘li – assistant.

Bugungi kunda kafedrada 3 ta professor, 8 ta dotsent, 4 ta katta o‘qituvchi, 5 ta assistant, 1 ta o‘qituvchi stajyor pedagogik va ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar. Kafedra professor–o‘qituvchilari tomonidan kafedrada o‘qitiladigan 11 ta fan bo‘yicha fan dasturlari, ishchi dasturlari va ma’ruza matnlari tayyorlangan.

"AXBOROT XAVFSIZLIGI” KAFEDRASIDA BAJARILAYOTGAN DAVLAT VA CHET EL GRANTLARI (FUNDAMENTAL, AMALIY VA INNoVATSION LOYIHALAR) RO‘YHATI
  • UNICEN loyihasi “Akkreditatsiya, baholash va talabalarning natijalarini takomillashtirish” _AQSh (2020-2021).
  • ERASMUS+ dasturining 598661-EPP-1-2018-1-RO-EPPKA2-CBHE-JP_ Developing services for Individuals with Disabilities “Nogiron shaxslar uchun xizmatlarni rivojlantirish” (DECIDE) loyihasi (2019-2022).
  • ERASMUS+ dasturining 598092-EPP-1-2018-1-BG-EPPKA2-CBHE-SP “Markaziy Osiyoda yangi texnologiyalardan foydalanilgan holda oliy ta’limni modernizatsiya qilish (HiEdTech)” loyihasi (2019-2022).
  • BVF4-023 Taqsimlangan axborot-kommunikatsiya tizimlarida insidentlar va kiberxujumlarga qarshi xarakatlarni boshqarish muammolarini tadqiq etish (2017-2020).
  • №A5-063 "Axborot kommunikasiya tizimlarida tarmoqlararo ekranlashtirish va monitoringini kompleks usulini ishlab chiqish” (2015-2017).
  • №A5-061 "Samarali yagona identifikasiya texnologiyasi asosida "Elektron hukumat” tizimi xavfsizligi darajasini oshirish” (2015-2017).

KAFEDRANING ILMIY USLUBIY ISHLARI

  1. G‘ulomov, F.B.Botirov, Z.I.Azizova. “Hujum insidentlari va unga reaksiya” (oq’uv qo‘llanma). -T.: «Aloqachi» nashriyoti, Toshkent-2021
  2. Y.Yusupov, A.A.Ganiyev, O.Bekmirzayev. “Kompyuter tizimlari va tamoqlarini buzish va himoyalash” (oq’uv qo‘llanma). -T.: «Aloqachi» nashriyoti, Toshkent-2021
  3. Ш.Р.Гуломов, З.И.Азизова, Ф.Б.Ботиров. «Инциденты атак и реагирование на них» (учебное пособие). «Aloqachi», Тошкент-2021.
  4. R.G‘ulomov, N.B.Nasrullayev, L.T.Shirinov, Sh.B.Sayfullayev. Axborot tizimlari auditi: O‘quv qo‘llanma // Aloqachi» nashriyoti, Toshkent-2021, 157 b.
  5. С.К.Ганиев, З.Т.Худойкулов, Н.Б.Насруллаев. “Основы кибербезопасности” учебное пособие. 2021 г. Т.: “Иктисод-Молия”, 240 б..
  6. K.Ganiyev, Z.T.Xudoykulov, N.B.Nasrullaev. “Kiberxavfsizlik asoslari” o‘quv qo‘llanma. 2021 y. T.: “Iqtisod-Moliya”, 240 b.
  7. А.А.Абдурахманов, З.И.Азизова. Методическое пособие к лабораторным работам по предмету "Инциденты атак и реагирование на них". №9 (134) 27 апрель 2021.
  8. З.И.Азизова. Методическое пособие к выполнению практических работ по дисциплине “Основы кибербезопасности”. №10 (135) 25 май 2021 г.
  9. А.А.Абдурахманов, C.Ш.Муминова, М.Ш.Агзамова. Методические указания по выполнению лабораторных работ по дисциплине “Безопасность сети”. №9 (134) 27 апрель 2021.
  10. Д.Г.Абдуллаев, C.Ш.Муминова, М.Ш.Агзамова. Методические указания по выполнению лабораторных работ по предмету “Организационные и технические методы защиты информации”. № 7(132) 23 февраль 2021 г.
  11. M.Shamshieva, S.Sh.Muminova, D.Sh.Usmanbaev. “Axborotni himoyalashning tashkiliy va texnik usullari” fanidan laboratoriya ishlarini bajarish uchun uslubiy ko‘rsatma. №9 (134) 27 aprel’ 2021.
  12. B.Botirov, E.D.Haydarov, L.T Shirinov. “Hujum insidentlari va unga reaksiya” fanidan ishlarini bajarish uchun uslubiy ko‘rsatma. №9 (134) 27 aprel 2021.
  13. Yusupov S.Yu, G‘ulomov Sh.R. Nasrullayev N.B. “Raqamli kriminalistika” (oq’uv qo‘llanma). -T.: «Aloqachi» nashriyoti, Toshkent-2020, 240 b.
  14. A.Ganiyev, Z.I.Azizova. “Axborot tizimlarini auditi”. Uslubiy ko‘rsatma. Toshkent-2020, 124 b.
  15. Y.Yusupov, V.D.Vaade, R.I.Gafarov, N.I.Utkurxujayeva. “Kompyuter kriminalistikasi” (praktikum). O‘quv qo‘llanma. Toshkent-2020.
  16. Юсупов С.Ю., Ганиев А.А. «Взлом и защита компьютерных систем и сетей»: учебное пособие. -T.: «Aloqachi», Ташкент-2019, 232 б.
  17. Юсупов С.Ю. Гуломов Ш.Р. “Цифровая криминалистика”: учебное пособие. Издательство «Aloqachi», Ташкент -2018, 284 б.
  18. Ganiyev S.K., G‘ulomov Sh.R. “Axborot nazariyasi va kodlash”, Oliy o‘quv yurti talabalari uchun o‘quv qo‘llanma. Aloqachi» nashriyoti, Toshkent-2017,
    100 b.
  19. Ganiyev S.K., Karimov M.M., Tashev K.A. “Axborot xavfsizligi”. Oliy o‘quv yurti talabalari uchun darslik. «Aloqachi» nashriyoti, Toshkent-2016.

KAFEDRA PROFESSOR-O‘QITUVCHILARI VA ILMIY IZLANUVCHILARINING CHOP ETILGAN MAQOLALAR RO‘YXATI

  1. Shirinov, L. (2023). Methods of Application Control in Cloud Computing Systems. In: Ranganathan, G., Fernando, X., Piramuthu, S. (eds) Soft Computing for Security Applications. Advances in Intelligent Systems and Computing, vol 1428. Springer, Singapore. https://doi.org/10.1007/978-981-19-3590-9_39
  2. Khaydarov, E. (2023). Filling the Knowledge Base of the Filtering System Algorithm Development. In: Ranganathan, G., Bestak, R., Fernando, X. (eds) Pervasive Computing and Social Networking. Lecture Notes in Networks and Systems, vol 475. Springer, Singapore. https://doi.org/10.1007/978-981-19-2840-6_15
  3. Usmanbayev, "Improving and Evaluating Methods Network Attack Anomaly Detection," 2021 International Conference on Information Science and Communications Technologies (ICISCT), 2021, pp. 1-5, doi: 10.1109/ICISCT52966.2021.9670073.
  4. Gulomov Sherzod Rajaboevich, Abdurakhmonov Abduaziz Abdugafforovich, and Azizova Zarina Ildarovna. Development a Model of a Network Attack Detection in Information and Communication Systems. Scopus indexed. JAIT 2022 Vol.13(4): 312-319. doi: 10.12720/jait.13.4.312-319
  5. Gulomov Sherzod Rajaboevich, Malikova Nodira Turgunovna, Qurbonova Kabira Erkinovna, Arzieva Jamila Tileubaevna. A method to improve the quality of service and overcome the loss of network packets. 2021 International Conference on Information Science and Communications Technologies (ICISCT). 03-05 November 2021, Tashkent, Uzbekistan. DOI: 10.1109/ICISCT52966.2021.9670120
  6. Karimov Madjit Malikovich, Gulomov Sherzod Rajaboevich, Tashmatova Shaxnoza Sobirovna, Elmuradov Temurmalik. Differentiated Services Code Point (DSCP) Traffic Filtering Method to Prevent Attacks. 2021 International Conference on Information Science and Communications Technologies (ICISCT). 03-05 November 2021, Tashkent, Uzbekistan. DOI: 10.1109/ICISCT52966.2021.9670203
  7. Sayfullaev, S., Zaynutdinova, M. (2021). Analysis and Modeling of Information Security Systems in Industry 4.0. In: Aliev, R.A., Yusupbekov, N.R., Kacprzyk, J., Pedrycz, W., Sadikoglu, F.M. (eds) 11th World Conference “Intelligent System for Industrial Automation” (WCIS-2020). WCIS 2020. Advances in Intelligent Systems and Computing, vol 1323. Springer, Cham. https://doi.org/10.1007/978-3-030-68004-6_2

KAFEDRANING RIVOJLANISHIDAGI HAMKORLIKLAR

  • Aydaho Davlat universiteti (AQSh)
  • Kent Davlat universiteti (AQSh)
  • Yuqori sanoat texnologiyalari universiteti (Yaponiya)
  • Janubiy Koreya universitetlari (KAIST, INXA)
  • Drezden texnika universiteti (Germaniya)
  • Brashovning Tansilvaniya universiteti (Ruminiya)
  • Rossiyaning yetakchi universitetlari

KAFEDRANING RIVOJLANISHIDAGI SOHA KORXONALARI BILAN HAMKORLIKLAR

  • "O‘zbektelekom" AK
  • "UNICON.UZ" Davlat unitar korxonasi
  • MChJ Mobilline
  • “Kiberxavfsizlik markazi” Davlat unitar korxonasi
  • UzInfocom
  • Ўзбекистон Республикаси Давлат Божхона Қўмитаси
  • CYBERGAMP (Ispaniya)
  • Sababa Security (Italiya)i
  • SOFTPROM Distribution GmbH
  • Entrust (AQSH)