Axborot-resurs markazi

  • Asosiy
  • Axborot-resurs markazi

Markaz rahbari

Muxammedova Malika Akilovna

Qabul vaqti: Har kuni
Telefon: (0 371) 238-64-70
E-mail:tuit_arm@mail.ru

Umumiy ma’lumot

Ахborot resurs markazi - ARM ( 2007 yilgacha Universitet kutubxonasi) 1955 yilda tashkil etilgan. ARM fondi Moskva, Leningrad, Odessa elektrotexnika aloqa institutlari tomonidan yuborilgan ijtimoiy, fizika, matematika, va ximiya fanlari bo‘yicha bir necha yuzlab kitoblardan iborat bo‘lgan. Shu yilning o‘zida Toshkentning kitob do‘konlaridan adabiyotlarni sotib olish boshlangan. 1956 yilning 1 yanvarida kutubxona fondi 4395 nusxali kitob tashkil etar edi. 15 o‘qituvchiga va 153 talabaga hizmat ko‘rsatar edi.

Hozirgi kunda ARM yagona kitobxonlik guvohnomasi bilan 6 ming kitobxonga va elektron manbalardan foydalanuvchilarga hizmat ko‘rsatmoqda. Kitobxonlar orasida universitet talabalari, professor-o‘qituvchilar tarkibi, xodimlari, aspirantlaridan tashqari boshqa oliy o‘quv yurtlari talabalari va o‘qituvchilari, malaka oshirish kursi tinglovchilari, telekommunikatsiya sohasidagi korxona xodimlari ham mavjud. ARM abonement tizimi orqali kitoblarni uyda, hamda qiroatxonalarda foydalanishning keng imkoniyatini yaratadi. ARM an’anaviy, ya’ni qog‘ozda tashuvchi va elektron ma’lumotlardan iborat.

Kutubxona fondi bugungi kunda 308 ming nusxa atrofida bo‘lgan kitoblar, broshyuralar, jurnallar, disket va CD-ROMlar tashkil etadi. Fondning 61% o‘quv adabiyotlar 32% - ilmiy, 5% - badiiy, qolganlari - boshqa adabiyotlar tashkil etadi. Yil mobaynida kutubxona 7 ming kitob oladi, 100 nomli jurnallar va 65 nomli gazetalarga obuna bo‘ladi.

 Kutubxona kitobxonlar bilan turli xil ishlar va metodlar olib boradi:
 
  • oyda ikki marta Kafedra kunlari uyushtiriladi;
  • mavzuli kitobli-illyustrativli, hamda yangi adabiyotlar ko‘rgazmalari o‘tkaziladi;
  • har doim yangi kelgan adabiyotlarga byulettenlar ochiladi;
  • 1980 yildan kutubxona kafedra kunlarini o‘tkazadi;
  • 1983 yildan bitiruvchilar kunlari, hozir esa bakalavriat bitiruvchilari, adabiyotlarni ochiq ko‘rish, ma’lumotli sharhlar olib boriladi;
  • RDHK tizimida 10 abonementga oliy maktab muammolari bo‘yicha 21 mavzuda va boshqa ma’lumotlar bilan ta’minlaydi.

Bizning kitobxonlarga: kutubxonaning kitob fondiga an’anaviy kitobxon katalogi (tizimli va alfavitli), aloqa bo‘yicha maqolalarning tizimli kartotekalari, Respublikaning hozirgi hayotiga doir aktual savollar bo‘yicha mavzuli kartotekalari bo‘yicha keng ma’lumot apparati mavjud.

Hozirgi kunda ARM 5268 dan ortiq foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatadi,shulardan 4308 ta bakalavriat va 50 ta magistratura bosqichi talabalari,398 ta professor-o‘qituvchilar, 52 ta universitet xodimlari,460 ta tarmoq markazi tinglovchilaridan iborat.

ARM ning umumiy fondi 41324 nomda 325618 nusxadan bo‘lib, ulardan:

  • ilmiy adabiyotlar 23860 nom/102490 nusxa;
  • darsliklar 1275 nom/35704 nusxa;
  • o‘quv qo‘llanmalar 2555 nom/160607 nusxa;
  • badiiy adabiyotlar 10733 nom/13799 nusxani tashkil etadi
  • davlat tilida 4917 nom/76039 nusxada

shundan:

  • ilmiy adabiyotlar 1604nom/14255 nusxa;
  • darsliklar 417nom/13664 nusxa;
  • o‘quv qo‘llanmalar 1303nom/36848 nusxa;
  • badiiy adabiyotlar 1239 nom/2338 nusxa
  • lotin grafikasida 821nom/13219 nusxa
  • ilmiy adabiyotlar 112 nom/1352 nusxa;
  • darsliklar 156 nom/2526 nusxa;
  • o‘quv qo‘llanmalar 437 nom/8947 nusxa;
  • badiiy adabiyotlar 90 nom/209 nusxa

Elektron hujjatlar fondi 21321 nomda bo‘lib,

  • shulardan elektron darsliklar 2697,
  • elektron o‘quv qo‘llanmalr 5470,
  • elektron ilmiy adabiyotlat 5316,
  • elektron xorijiy adabiyotlar 7838,
  • elektron maqolalar 5900,
  • dessertatsiyalar 1350 ta nomni tashkil etadi.