Axborot-kutubxona tizimlari

  • Asosiy
  • Axborot-kutubxona tizimlari

Kafedra mudiri:

t.f.f.d., PhD Normatov Sherbek Baxtiyorovich

Qabul vaqti: Dushanba-Chorshanba (14:00-15:00)
Telefon: (0 371) 238-65-78
 

   O‘zbekston Respublikasi Prezidentining “Respublika aholisini axborot-kutubxona bilan taʻminlashni tashkil etish to‘g‘risida” gi Qaroriga muvofiq 2006-2007 - o‘quv yilidan boshlab Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida «Axborotlashtirish va kutubxonashunoslik»  bakalavriat taʻlim yo‘nalishi  ochildi.

   2012-2013 - yildan boshlab, “Axborot-kutubxona tizimlari  kafedrasi  faoliyat yurita boshladi va “Axborotlashtirish va kutubxonashunoslik” hamda “Elektron kutubxona va arxivlar”  magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 - yil 7 - iyundagi PQ 4354 - sonli "O‘zbekiston Respublikasi aholisiga axborot-kutubxona xizmatini yanada takomillashtirish to‘g‘risida" gi Qaroriga muvofiq  hamda oliy taʻlim muassasalarida kutubxona faoliyati sohasidagi mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyojni o‘rganish asosida, 2019-2020 - o‘quv yilidan boshlab, yangi "Kutubxona-axborot faoliyati" taʻlim yo‘nalishi bo‘yicha kadrlar tayyorlab kelinmoqda.

Kafedrada o‘quv-uslubiy va ilmiy-tadqiqot ishlarining shakllanishi va rivojlanishida t.f.d. prof. M.A. Rahmatullayev, p.f.n., professor B.I. Ganiyeva, t.f.n. dotsent U.F. Karimov, p.f.n. dotsent M.X. Maxmudov, t.f.n. dotsent A.M. Xundibayev, katta o‘qituvchi S.R. Arakelovlar salmoqli hissa qo‘shdilar.

Kafedrada zamon talabiga mos kadrlar tayyorlash ishlari amalga oshirilib kelinmoqda. O‘quv dasturlar yangilanib, kutubxonachi kadrlar tayyorlovchi xorijiy davlatlar universitetlarining ish tajribalari o‘rganilib (Buyuk Britaniya, Germaniya, Ispaniya, Italiya, Koreya va boshqalar), yangi fanlar o‘quv jarayoniga joriy etilmoqda. Kafedra professor-o‘qituvchilari xorijda malakalarini oshirib, turli xalqaro seminar va konferensiyalarida faol qatnashib kelmoqdalar.

Kafedrada professional va ilmiy faoliyatni yirik va mashhur olimlar, professor-o‘qituvchilar ko‘rsatib kelmoqdalar, ulardan professor Raxmatullayev Marat Alimovich va Ganiyeva Barno Ilxamovna, PhD Rahimova Shaxnoza Anvarovna, katta o‘qituvchilar Arakelov Sergey Rubenovich, Ziyodullayeva Gulchiroy Erkinovna hamda bir nechta yosh assistentlar ish tajribalarni o‘rganishmoqda.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida kafedra ochilishidan boshlab “Axborotlashtirish va kutubxonashunoslik” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha kutubxonachilik ishining an’anaviy ish uslubiyoti va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha faoliyatni tashkil etilishiga qaratilgan yangi o‘quv fanlar kiritildi. Jumladan, 2015- yildan boshlab ingliz tili guruhlari tashkil qilindi va mutaxassislik fanlari to‘liq ingliz tilida o‘tilishi yo‘lga qo‘yildi. 2018-2019 - o‘quv yilidan boshlab ta’lim yo‘nalishi “Kutubxona – axborot faoliyat (sohalar bo‘yicha)” nomi bilan qayta nomlandi.

Kafedrada mashg‘ulotlar o‘tkaziladigan fanlar bo‘yicha professor-o‘qituvchilari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus taʻlim vazirligi tomonidan tavsiya qilingan quyidagi darslik, o‘quv, uslubiy qo‘llanmalari taʻlim jarayonida qo‘llab kelinmoqda:

- oliy taʻlim muassasalari talabalari uchun “Kataloglashtirish va klassifikasiya” darsligi (O‘zR Oliy va o‘rta maxsus taʻlim vazirligi tomonidan darslik sifatida tavsiya etilgan, ro‘yxatga olish raqami 676-502);

- oliy taʻlim muassasalari talabalari uchun “Jahon axborot resurslari” darsligi (O‘zR Oliy va o‘rta maxsus taʻlim vazirligi tomonidan darslik sifatida tavsiya etilgan, ro‘yxatga olish raqami 676-503);

- oliy taʻlim muassasalari talabalari uchun hammualliflikda “Kutubxonashunoslik” darsligi (O‘zR Oliy va o‘rta maxsus taʻlim vazirligi tomonidan darslik sifatida tavsiya etilgan, ro‘yxatga olish raqami 1186-146);

- oliy taʻlim muassasalari talabalari uchun hammualliflikda “Jahon axborot resurslari” darsligi (O‘zR Oliy va o‘rta maxsus taʻlim vazirligi tomonidan darslik sifatida tavsiya etilgan, ro‘yxatga olish raqami 133-104);

- oliy taʻlim muassasalari talabalari uchun “Axborot kutubxona katalogi va fondi” o‘quv qo‘llanmasi (O‘zR Oliy va o‘rta maxsus taʻlim vazirligi tomonidan darslik sifatida tavsiya etilgan, ro‘yxatga olish raqami 434-070);

- oliy taʻlim muassasalari talabalari uchun “Axborot kutubxona katalogi va fondi” uslubiy qo‘llanmasi (TATU Kengashi tomonidan tavsiya etilgan, ro‘yxatga olish raqami 9-659 2016-yil 2.06);

- oliy taʻlim muassasalari talabalari hamda Axborot-kutubxona sohasi mutaxassislari uchun “Авторские права на электронные издания” maʻlumot-uslubiy materiallar to‘plami (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Fan, taʻlim, madaniyat va sport masalalari Qo‘mitasi ishchi guruhi tomonidan chop etishga tavsiya etilgan 2013-yil 4-yanvar №1-01-1 bayonnoma);

- oliy taʻlim muassasalari talabalari uchun “Axborotlashtirish va kutubxonashunoslik taʻlim yo‘nalishi bakalavrlarining bitiruv malakaviy ishlarini bajarishga qo‘yiladigan talablar” uslubiy qo‘llanmasi (TATU kengashi tomonidan tavsiya etilgan 2015-yil)  kabi o‘quv adabiyotlari chop etildi.

Hozirgi kunda kafedraning professor-o‘qituvchilaridan Arakelov Sergey Rubenovich, Ziyodullayeva Gulchiroy Erkinovna, Sultanova Zuhra Shuhratovna, Abduzoirov Shaxobiddan Najmiddinovichlar mustaqil tadqiqotchi sifatida PhD dissertasiyalari ustida ilmiy izlanishlar olib bormoqdalar.

Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari:

5350600

Kutubxona-axborot faoliyati (sohalar bo‘yicha)

Magistratura mutaxassisliklari:

5A350602

Elektron kutubxona va arxivlar

Kafedrada o‘qitiladigan fanlar

Bakalavriat:

  • Axborot-maʻlumot xizmatlari
  • Kutubxonashunoslik
  • Kataloglashtirish va klassifikatsiyalash
  • Kolleksiyalarni yaratish
  • Metama’lumotlar nazariyada va amaliyotda
  • School libraries
  • Kutubxonalar uchun ma’lumotlar bazasini loyihalash
  • Kutubxonani boshqarish
  • Axborot va kutubxona fanlarida ilmiy izlanishlar usullari

IT/Mutaxasislik tanlov fanlari:

  • Umumiy bibliografiya
  • Axborot-qidiruv tizimlari
  • Axborotlarning analitik mahsuloti va xizmati
  • Raqamli axborot xizmati
  • Avtomatlashtirilgan kutubxonalarni boshqarish

Magistratura mutaxasisligi: Asosiy fanlar:

  • Arxiv ishi
  • Jahon axborot resurslari

Mutaxasslik tanlov fanlari:

  • Axborot kutubxona xizmati nazariyasi va uslubiyoti
  • Kutubxonashunoslik, arxivshunoslik tadqiqotlarini tashkil etish metodikasi
  • Axborot kutubxona va arxiv tizimlarini loyihalashtirish

KAFEDRANING PROFESSOR-O‘QITUVCHILAR TARKIBI:

  • Ganieva B.I. - kafedra mudiri, professor, pedagogika fanlari nomzodi
  • Raxmatullaev M.A. - professor, texnika fanlari doktori
  • Arakelov S.R. - katta o‘qituvchi
  • Raximova Sh.A. - v.b. dotsent, s.f.b. falsafa doktori PhD
  • Ziyodullayeva G. - katta o‘qituvchi
  • Anufrieva Yu.G. - assistent
  • Sultonova Z. - assistent
  • Abduzoirov Sh.N. - assistent

KAFEDRANING ILMIY-TADQIQOT ISHLARI:

  • O‘zbekiston Respublikasi FA kutubxonasi bilan hamkorlikda PZ-20170929262-raqamli “Jamiyatimizda kitob mutolaasi, kitobxonlik madaniyatini oshirishning pedagogik va psixologik usullarini takomillashtirish” mavzusidagi amaliy loyiha (2018-20 yy.);
  • Gyote instituti bilan hamkorlikdagi “Islohotlar davrida O‘zbekiston kutubxonachilarining malakasini oshirishga ko‘maklashish” loyihasi (2012 y.);
  • Yevropa Ittifoqining TEMPUS (145021-Tempus-UK-JPCR) dasturi doirasida “New master program for Library information science” Axborot kutubxona sohasida yangi magistrlik dasturlari loyihasi (2009-13 yy.);
  • eIFL (electronic information for libraries), Xalqaro kutubxona konsorsiumi IP (EIFL-IP: copyright and libraries) “Elektron nashrlarga oid mualliflik huquqlari” mavzusidagi loyihasi (2014 y.);
  • O‘zbekiston Respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasining axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish fondi tomonidan moliyalashtirilgan “Elektron kutubxonalar va korporativ axborot tarmoqlari” o‘quv laboratoriyasini rivojlantirish bo‘yicha amaliy loyihasi (2016 y.);
  • Yevropa Ittifoqining Erasmus+ dasturi “TechReh Technology in Rehabilitation” (Project number: 561621-EPP-1-2015-1-IT-EPPKA2-CBHE-JP)
  • xalqaro loyihasi (2015-17 yy.);
  • Yevropa Ittifoqining Erasmus+ №2018-1-IT02-KA107-047213 Credit mobility xalqaro almashinuv loyihasi (2018-19 y.);
  • AQSh departamentining “International visitor leadership program” (IVLP) loyihasi (2018 y.)
  • Ushbu ilmiy loyihalardagi faoliyati natijalari bo‘yicha qator ilmiy maqolalar chop etilgan hamda dasturiy guvohnomalar olingan.

Kafedraning ilmiy va amaliy hamkorlari:

  • Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi;
  • O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi;
  • Toshkentdagi Yevropa Ittifoqi Erasmus+ milliy ofisi;
  • Respublika axborot-kutubxona markazi;
  • Fanlar akademiyasi Asosiy kutubxonasi
  • Toshkent shahar “Bilim” axborot-kutubxona markazi
  • Respublika ilmiy pedagogika kutubxonasi
  • Eline Press
  • ProInfo

“Axborot-kutubxona tizimlari” kafedrasi TATU B binosi, 5 qavatda joylashgan.