AKT sohasida iqtisodiyot

  • Asosiy
  • AKT sohasida iqtisodiyot

Kafedra mudiri:

Iminova Nargizaxon Akramovna

Qabul vaqti: Dushanba – Shanba ( 15:00-17:00 gacha)
Telefon: (+99871) 238-64-72

KAFEDRA TARIXI

“Iqtisod” kafedrasi 1971 yilda universitet “Siyosiy iqtisod” kafedrasi ikki mustaqil kafedraga bo‘linishi natijasida dastlab “Aloqa korxonalari iqtisodiyoti, rejalashtirish va boshqaruv” deb nomlandi. Kaferdani 1971-1974 yillarda X.S.Mansirev boshqardi.

Kaferdaga 1974-1986 yillarda iqtisod fanlari nomzodi, dotsent V.G.Butkeyev, 1986-1991 yillarda texnika fanlari nomzodi, dotsent O.Ye.Yakovlevlar mudirlik qildilar.

Kafedraga 1991-2011 yillarda o‘z kasbini chuqur egallagan, iqtisod fanlari nomzodi, dotsent T.M.Butkeyeva mudirlik qilgan.

1996 yilda iqtisodiy yo‘nalishlari bo‘yicha yangi fakultet – O‘zbekiston Respublikasi Aloqa vazirligining 1996 yil 20 maydagi 175-sonli buyrug‘iga asosan muhandis-iqtisodchi fakulteti tashkil qilinishi sababli kafedra tarkibidan “Aloqa korxonalarning iqtisodiyoti” kafedrasi ajralib chiqdi.

2002 yil 13 dekabrdan Universitet rektorining buyrug‘i bilan “Iqtisod” kafedrasi deb yuritila boshlandi.

“Iqtisod” kafedrasiga 2012-2013 yillarda iqtisod fanlari nomzodi Sh.E.Sindarov mudirlik qilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 26 martdagi PQ-1942 son qarori talablarga muvofiq Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kadrlarni tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish natijasida Toshkent axborot texnologiyalari universitetida 2013-2014 o‘quv yilidan boshlab yangi “AKT sohasida iqtisodiyot va menejment” yo‘nalishi va mutaxassisligi bo‘yicha talabalar qabuli boshlanadi va 2013 yildan kafedra nomi “AKT sohasida iqtisodiyot” deb yuritila boshlandi.

Kafedraga 2013-2016 yillarda iqtisod fanlari nomzodi S.P.Achilova, 2016 yil 4-sentyabrdan 2016 yil 10 oktyabrgacha iqtisod fanlari nomzodi X.A.Qobulov mudirlik qilgan.

Bugungi kunda ushbu kafedraga 2016 yil 12 oktyabrdan iqtisod fanlari nomzodi, dotsent N.A.Iminova mudirlik qilmoqda.

Kafedra o‘qituvchilari kafedra ilmiy mavzusi bilan bog‘liq muammolarga bag‘ishlangan seminarlar hamda xalqaro, respublika ilmiy-texnik va ilmiy-metodik konferentsiyalarda ishtirok etib kelmoqdalar. Bundan tashqari, kafedra o‘qituvchilari tomonidan respublika va xorijiy jurnallarda ilmiy maqolalar muntazam ravishda chop etilmoqda.

BAKALAVRIAT ta’lim yo‘nalishi

60671200

AKT sohasida iqtisodiyot va menejment:

60310500

Raqamli iqtisodiyot (Axborot-kommunikatsion texnologiyalari)

Magistratura mutaxassisliklari:

70412801

Elektron tijorat

70310501

Raqamli iqtisodiyot

Kafedrada o‘qitiladigan fanlar

Bakalavriat:

  • Buxgalter xisobi tamoyillari;
  • Tashkilot risklarini baholash;
  • Amaliy ekonometrika;
  • Mikroiqtisodiyot;
  • Makroiqtisodiyot;
  • Xalqaro iqtisodiyot;
  • Statistika;
  • Soliq va soliqqa tortish;
  • Narx belgilash nazariyasi;
  • Sug‘urta ishi;
  • Raqamli iqtisodiyot va innovasiya;
  • Fond bozorlarida biznes;
  • Zamonaviy siyosiy iqtisodiyot (BGIUR).

Magistratura

  • Industriya 4.0
  • Amaliy ekonometrika;
  • Biznesni baholash;
  • Biznes jarayonlarini taxlil qilish va modellashtirish;
  • Biznes

Kafedra professor o‘qituvchilari

  • Iminova Nargizaxon Akramovna – Kafedra mudiri, dotsent
  • Choy Byung Gwun - professor
  • Bobojonova Zarnigor Shokirovna - dotsentb. (PhD)
  • Xasanova Nigora Asqarovna - dotsentb. (PhD)
  • Soliyeva Barno To‘rabayevna - dotsentb. (PhD)
  • Xudaynazarova Dilorom Xayrullaevna - katta o‘qituvchi (PhD)
  • Usmanova Saboxat Sobid qizi – assistent
  • Akramova Gulnora Abduvoxidovna- katta o‘qituvchi
  • Mirzaraximova Aziza Azimdjanovna - katta o‘qituvchi
  • Mamatkulov Gulom Rustamovich - katta o‘qituvchi
  • Babahanova Dildora Rustamovna– assistant
  • Xakimov Saydaxror Azatovich – assistant
  • Kurbanova Durdona Boxodir qizi - assistent stajyor

Kafedra o‘qituvchilarining ilmiy uslubiy ishlari

  • Iminova N.A. Industriya 4.0 nomli o‘quv qo‘llanma 2023
  • To‘raev, R. Bozorov Soliqlar va soliqqa tortish nomli o‘quv qo‘llanma 2023
  • Maxkamov, Sh.To’raev. Statistika nomli o‘quv qo‘llanma 2023
  • Xudaynazarova D.X “Прикладная эконометрика” nomli o‘quv qo‘llanma 2023
  • Akramova A.Mirzaraximova “Современная экономика” nomli o‘quv qo‘llanma 2022
  • Akramova G.A. “Экономика” nomli o‘quv qo‘llanma 2022
  • Iminova N.A., Xasanova N.A., – “Теория ценообразования” fanidan o‘quv qo‘llanma 2020
  • Akramova G.A., Muxamadalieva N.B.,– “Экономика” fanidan o‘quv qo‘llanma 2020
  • Akramova G.A., Muxamadalieva N.B.,– “Экономика инвестиционного проекта” fanidan o‘quv qo‘llanma 2020
  • Muxamadalieva N.B., Akramova G.A., Zuxurova N.A. – “Buxgalteriya hisoblari tamoyillari” fanidan o‘quv qo‘llanma 2020
  • Turaev Sh.Sh.,Toshev F.Z., Xasanova N.A., – “Soliq va soliqqa tortish” fanidan o‘quv qo‘llanma
  • Muxamadalieva N.B., Akramova G.A., – “Mikroekonomika” fanidan o‘quv qo‘llanma 2020
  • Sindarov Sh.E., Xudaynazarova D.X., – “Ekonometrika” fanidan o‘quv qo‘llanma 2019
  • K.Iminov, M.T.Butabaev, N.A.Iminova – “Raqamli iqtisodiyot” fanidan grif o‘quv qo‘llanma 2019
  • Kuchkarov T.S., A.Eshmuradov, Xudaynazarova D.X.,- “Ekonometrika” fanidan o‘quv qo‘llanma 2019
  • Maxkamov B.Sh.,- “Monografiya” 2021
  • Turaev Sh.Sh. - “Monografiya” 2021
  • Iminova N.A. - “Monografiya” 2021

KAFEDRADA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ILMIY-INNOVATSION LOYIHALAR

  • “TATUda AQSh universitetlari magistrlik dasturi texnologiyalarini qo‘llashni transfer qilish” Loyiha rahbari: t.f.n. K.A.Tashev. Loyiha qiymati: 140 000 AQSh $

Loyixa doirasida AQShdagi nufuzli Kaliforniya davlat universitetiga tashrif

Loyixa doirasida AQShdagi nufuzli Florida xalqaro universitetiga tashrif

Kafedra faxriylari bilan uchrashuv