O'zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi
Toshkent Axborot
Texnologiyalari Universiteti
O`zbek | English | Русская
Siz qaysi OS da ishlaysiz?
  • Windows OS
  • Linux OS
  • MacOS
  • Kompyuterim yo'q.
  • Hammasida
Chiqarilgan sana: 14:29 02.02.2010

 

 

             2010 yil 30 yanvar kuni TATU ning katta majlislar zalida talabalar bilan "O`zbektelekom" AK "Injener texnik markazi" filiali direktori TELMAX ELEKTRONIKS ishlab chiqarish sho`ba korxonasi E.Allayev va K.Mullaboyevlar bilan uchrashuv bo`lib o`tdi. Uchrashuvda Innovatsion loyihalar va texnologiyalarning "O`zbektelekom" AKda tatbiq etishning amaliy bosqichlari mavzusida qizg`in taqdimot bo`lib o`tdi.

 
Chiqarilgan sana: 16:58 30.01.2010

  

    2010 yil 27 yanvarda TATUda o`qituvchi va talabalar uchun "NEC Corporation" (Yaponiya) shtab-kvartirasining Marketing Departamenti Bosh menejeri janob Kukita Shineyaning "NEC Corporation kompaniyasining zamonaviy texnologiyalari" mavzusida taqdimoti bo`lib o`tdi. Taqdimotda zamonaviy texnologiyalar bo`yicha quyidagi masalalar keng yoritildi:

- Yaponiyada axborot va aloqa texnologiyalari (AKT)ning bozor tamoyili
- Telekommunikatsiya sanoati va NEC
- Ma'lumotlarni ishlab chiqish (Cloud Computing)(Salesfoce, Amazon EC, Google, Windows Azure va boshqalar)

 
Chiqarilgan sana: 17:56 19.01.2010

 

     TATUda qisqa muddatli kurslar

  TATU va KADO o`rtasida imzolangan Kelishuvga binoan Raqamli imkoniyatlar bo`yicha Koreya Agentligi "Koreya Internet Ko`ngillilari" dasturi doirasida 8 talabadan tashkil topgan 2 gurux ko`ngillilarni TATUga jo`natdi. Ushbu dastur doirasida axborot texnologiyalari bo`yicha qisqa muddatli kurslar tashkillashtirildi (C ,C++, Photoshop). Kurslarda 40dan ziyod TATU talabalari qatnashmoqdalar va kurs yakunida tinglovchilarga KADO sertifikatlari berilishi ko`zda tutilgan.

 
Chiqarilgan sana: 17:40 19.01.2010

 

       TATU rektori S.S.Qosimov UNESCO ta'limda axborot texnologiyalari institutining (IITE) Boshqaruv kengashi a'zosi etib tayinlandi


       TATU rektori S.S.Qosimov UNESCO Bosh direktorining taklifiga binoan 2009 yil avgust oyida to`rt yil muddatga UNESCO Ta'limda Axborot Texnologiyalari Institutining (UNESCO IITE) Boshqaruv Kengashi a'zosi etib tayinlandi. Shu munosabat bilan S.S.Qosimov 2009 yil 2-6 dekabrda Moskvada bo`lgan UNESCO IITE Boshqaruv Kengashi sessiyasida qatnashdi.

 
Chiqarilgan sana: 17:10 19.01.2010

 

 

13 yanvar kuni TATUning Maxsus fakultetida Universitet, Yunusobod tumani xokimyati vakillari va 15 nafardan ziyod faxriylar ishtirokida 14 yanvar "Vatan himoyachilari kuni" va Qurolli Kuchlar tashkil topganligining 18 yilligiga bag`ishlangan tantanali yig`ilish bo`lib o`tdi.
Tantanali yig`ilishda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Qo`mondoni Islom Karimovning Toshkent shaxrida barpo etilgan "Vatanga qasamyod" xaykalining ochilish marosimiga bag`ishlangan tantanali marosimdagi nutqi Maxsus fakultet boshlig`ining tarbiyaviy ishlar bo`yicha o`rinbosari tomonidan Maxsus fakultet shaxsiy tarkibiga o`qib eshitirildi.
Tantanali yig`ilish katta konsert dasturi bilan yakunlandi.

 
Foydalanuvchi
 
Maxfiy so'z
 
 
Maxfiy so'z esdan chiqdimi?